Hushyorlik va ogohlik 7-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani asosida 7-mavzu Haqiqiy madaniyat namunalari insonni ezgulikka, ulug' g'oyalar yo'lida kurashishga, ona Vatanning sha'n-u g'ururini asrab-avaylab, uni yuksaklarga ko'tarib yashashga da'vat etadi. Lekin, afsuski, bugungi kunda yurtimizga chetdan kirib kelayotgan soxta madaniyat namunalari ham ko'p. Ulardan eng keng tarqalgani «ommaviy madaniyat» deb ataladi. Bir qarashda o'ta jozibali, bezarar va beozor bo'lib tuyuladigan «ommaviy madaniyat» namunalari asta-sekin qalbimiz, ongimizga ta'sir etib, his-tuyg'ularimizni o'ziga band qilib oladi. Dilimiz, sezgilarimiz, tafakkurimiz ana shu soxta axborotlarga moslashib, o'zligidan yiroqlashadi, ruhimiz tanballashib, mustaqil fikrlash, hayotga sergak nigoh bilan qarash yoqmay qola boshlaydi. «Ma'naviy tahdid deganda, avvalo tili, dini, e'tiqodidan qat'I nazar, har qaysi odamning tom ma'nodagi erkin inson bo'lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko'zda tutadigan mafkuraviy, g'oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim, deb o'ylayman» Odam qachon tom ma'noda mustaqil bo'ladi? Qachonki qalbi va ongi, butun vujudi uning o'ziga tegishli bo'lsa, u faqat o'z xohish irodasiga tayanib harakat qila olsa. «Barchamizga ayon bo'lishi kerakki, qayerdaki beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o'zibo'larchilikka tashlab qo'yilsa, o'sha yerda ma'naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi. Bizning xalqimiz azaldan mehr-oqibatni, insoniylikni eng buyuk fazilat darajasiga ko'tarib kelgan va bu milliy turmush tarzimizning ajralmas qismiga aylanib ketgan. Biz ko'cha-ko'yda ko'rgan odamimizga albatta qo'limizni ko'ksimizga qo'yib salom beramiz. Yordamga muhtoj, nogiron yoki boshiga qo'qqisdan og'ir ish tushgan kishilarga beg'araz yordam ko'rsatish uchun shoshilamiz. «Masalan, ezgu odatimizga aylanib ketgan mehr-oqibat tushunchasini oladigan bo'lsak, uning juda teran tarixiy, milliy, diniy ildizlari borligini ko'rish ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:22:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.54 MB
Ko'rishlar soni
200 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:15
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.54 MB
Ko'rishlar soni
200 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:15 ]
Arxiv ichida: pptx