7-sinf MIG' Inson qalbiga yo'l

7-sinf MIG' Inson qalbiga yo'l

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf MIG' Inson qalbiga yo'l - rasmi

Material tavsifi

Inson qalbiga yo'l 7-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani asosida 12-mavzu Inson san'at asarini tushunishni, his qilishni istasa, avvalo, o'z didi, tasavvur va idrokini tarbiyalamog'i talab qilinadi. San'atni tushunish, his etish esa odamning har tomonlama yuksalishi, ma'naviy boyishiga sabab bo'ladi. Binobarin, inson, birinchi navbatda, ma'naviy boy bo'lishga harakat qilmog'i, jisminigina emas, ruhini ham doimiy oziqlantirmog'i talab qilinadi. O'tmishda ibratli iz qoldirgan jamiki tarixiy shaxslar avvalo ruhiy-ma'naviy jihatdan qudratli bo'lgani bilan boshqalardan ajralib turganlar. Agar inson ma'naviy kamolotini qurilishi lozim bo'lgan binoga qiyoslasak, har kuni unga kamida bir «g'isht qo'yish» talab qilinadi. Shuni bilingki, tafakkur yolqini dunyodagi jamiki nur manbayidan qudratliroqdir. San'at xalq ma'naviy-ruhiy qiyofasining ko'zgusi hisoblanadi. Sohibqiron bobomiz Amir Temur o'zi tavallud topgan yurt - Kesh (Shahrisabz)da qurdirgan Oqsaroy devorlariga: «Kimki qudratimizga shubha qilsa, biz qurgan binolarga boqsin»,- degan so'zlarni bejiz muhrlatib qo'ymagan. Bugungi O'zbekiston nafaqat milliy kuy-qo'shiqlarimiz, balki butun Sharq va boshqa xalqlarning noyob musiqiy san'ati namoyish qilinadigan, o'zaro ijodiy muloqotga keng imkoniyat yaratadigan xalqaro san'at diyoriga aylanib bormoqda. Ko'hna Samarqand shahrida har ikki yilda bir marta o'tkaziladigan «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivaliga jahonning turli qit'alaridan san'atkorlar tashrif buyurishib, o'z milliy san'atlaridan barchani bahramand qilmoqda. Registon maydonining tabiiy sahnasida yangrayotgan rango-rang ohanglar turli millat, din, til egalari bo'lmish insonlarning qalblarini o'zaro bog'lashga, xalqlar o'rtasidagi chinakam madaniy hamkorlikning mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda. XX asr boshiga kelib, bizda ham zamonaviy teatr uchun maxsus dramalar yozildi, ilk teatr truppalari faoliyat boshladi. O'sha davrda mazkur san'at turiga ayniqsa kuchli ehtiyoj tug'ilganini ustozlaringiz tushuntirgan bo'lishsa kerak. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yilda O'zbek milliy akademik ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.14 MB
Ko'rishlar soni 197 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:15 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.14 MB
Ko'rishlar soni 197 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga