Insonparvarlik - xalqimizning ezgu fazilati 7-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani asosida 14-mavzu Insonparvarlik - odamzot qadri, uning erkinligi va qobiliyatlarining har tomonlama namoyon bo'lishi uchun kurashish, kishilarning baxt-saodati, teng huquqliligi, adolatli hayotini ta'min etishga intilishini ifodalaydigan g'oya va qarashlar tizimi. Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida insonparvarlik g'oyalari qadimiy ildizlarga ega. G'arbda esa u o'rta asrlarda minglab kishilarning qatl etilishiga sabab bo'lgan johil dindorlar va ularni qo'llab-quvvatlagan feodallarga qarshi kurash sifatida namoyon bo'la boshlagan. Insonparvarlik keng ijtimoiy fikrni qamrab olib, adabiyot, falsafa, san'at va boshqa sohalarda namoyon bo'ldi va Yevropada «gumanizm» nomi bilan ataldi. Ko'hna tarix o'zbek xalqining insonparvarlik xislatini juda ko'p sinovdan o'tkazgan. Bu o'rinda birgina Ikkinchi jahon urushi (1939-1945-y.) yillarini eslash kifoya. Fashizmga qarshi urushga o'zbek xalqining ham minglab o'g'lonlari safarbar etilgan. Yurtimizda qolgan aholi - ayollar va bolalar, keksalar va nogironlar kun-u tun mehnat qilib, jangchilarga zarur narsalarni yetkazib berib turishgan. Mana shunday sharoitda urush bo'layotgan joylardan yuz minglab aholi O'zbekistonga ko'chirib keltirilgan. O'zbek xalqi ularning barchasiga o'yining va qalbining to'ridan joy berdi. O'z bolalariga yetmayotgan nonidan ushatib, ularga tutdi, shuncha insonning hayotini saqlab qoldi. Mashhur «Sen yetim emassan» filmini ko'rgan bo'lsangiz kerak. O'n to'rtta yetim bolani oq yuvib, oq taragan film qahramonlari hayotda ham oddiy temirchilar oilasi edi. Chunki, bag'rikenglik, o'zgalar dardiga sherik bo'lib, ularga shafqat ko'rsatishdek insonparvarlik tuyg'ulari xalqimiz tabiatiga azaldan xosdir. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov: «Biz shunchaki demokratik jamiyat emas, demokratik odil jamiyat qurmoqchimiz. Adolat va haqiqatga intilish esa xalqimiz tabiatining muhim fazilatlaridan biridir», deb ta'kidlaydi. Demak, yurtimizning buguni va ertangi kuni qanday ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:22:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.73 MB
Ko'rishlar soni
231 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:15
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.73 MB
Ko'rishlar soni
231 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:15 ]
Arxiv ichida: pptx