7-sinf MIG' Jamiyat rivoji va bunyodkor g'oyalar

7-sinf MIG' Jamiyat rivoji va bunyodkor g'oyalar

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf MIG' Jamiyat rivoji va bunyodkor g'oyalar - rasmi

Material tavsifi

Jamiyat rivoji va bunyodkor g'oyalar 7-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani asosida 5-mavzu Yaxshilik va yomonlik, yangilik va eskilik o'rtasidagi kurash juda qadimiy tarixga ega bo'lib, hech qachon tugamaydi. «Bunyodkor» so'zining ma'nosi yaratuvchi deganidir. Insonning qalbi va ongida yaratuvchilik salohiyatini uyg'otib, o'z xalqi, Vatani va insoniyatga foydali ishlar qilishga safarbar etadigan g'oya bunyodkor g'oyadir. Dunyodagi har bir xalq bunyodkor g'oyalar bilan yashaydi. Chunki, har bir xalq o'zining yaratuvchilik qudrati, qobiliyatini, avvalo, bunyodkorlik bilan namoyon etadi. Siz buyuk Sohibqiron bobomiz Amir Temur tomonidan Shahrisabzdagi Oqsaroy peshtoqiga bitilgan «Kim bizning qudratimizga shubha qilsa, qurgan binolarimizga boqsin» degan mazmundagi da'vatkor so'zlarini yaxshi bilasiz. Amir Temur davlati erishgan barcha yutuqlar avvalambor xalqning bunyodkorligiga asoslangan. Bu fazilatimiz esa o'sha paytda barpo etilgan go'zal va betakror obidalarda yaqqol namoyon bo'lgan. Bundan 2700 yil ilgari yaratilgan bebaho ma'naviy merosimiz bo'lmish «Avesto» kitobidagi «Ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal» degan qoida xalqimizning qadim zamonlardan boshlab bunyodkorlikni o'zi uchun asosiy maqsad, mafkura deb bilganidan dalolat beradi. «Avesto» Bu qoida zamirida insonning o'ylaydigan fikrida ham, gapiradigan gapida ham, qiladigan ishida ham faqat yaxshilik bo'lsin, shunda uning butun hayoti bunyodkorlikdan iborat bo'ladi, degan ma'no mujassam. Buyuk ajdodimiz Bahouddin NAQSHbandning «Dil ba yor-u dast bakor», ya'ni «Diling Ollohda, qo'ling mehnatda bo'lsin» degan da'vatini eslab ko'raylik. Bahouddin NAQSHband Bu hikmat har bir ishingizni aniq maqsadni ko'zlab, oxirini o'ylab qiling, vaqtni bekor o'tkazmang, degan ibratli fikrni ifoda etadi. Buxoro. Bahouddin NAQSHband maqbarasi Agar chuqurroq o'ylab ko'radigan bo'lsak, Yer yuzidagi jonli va jonsiz narsalarning barchasi doimiy harakatda. Zamonaviy ilm-fan shuni tasdiqlamoqdaki, hatto eng ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.86 MB
Ko'rishlar soni 193 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:15 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.86 MB
Ko'rishlar soni 193 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga