7-sinf MIG' Jamiyatga xavf soladigan illatlar

7-sinf MIG' Jamiyatga xavf soladigan illatlar

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf MIG' Jamiyatga xavf soladigan illatlar - rasmi

Material tavsifi

Jamiyatga xavf soladigan illatlar 7-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani asosida 11-mavzu «Ko'zga ko'rinmas xatarlar» mavzusida xalqimizning ongi va ruhiga chetdan tajovuz qilayotgan mafkuraviy illatlarga ko'proq to'xtalgan edik. Xudbinlik - odamning faqatgina o'zini o'ylashi, boshqalarning manfaatlari bilan hisoblashmasligi, o'z istaklarini qondirish yo'lida o'zgalarni oyog'osti qilib ketishdan ham qaytmaslikdek salbiy illat hisoblanadi. Xudbinlik Xudbinlik kasaliga yo'liqqan kishi uchun go'yo hamma u bilangina hisoblashishi, barcha ishlar unga yoqadigan tarzda amalga oshishi, barcha masala faqat uning foydasiga hal bo'lishi lozim. Bunday odamlar, afsuski, bizning oramizda ham uchrab turadi. Ular davlatdan, jamiyatdan, xalqdan hamma narsani talab qiladi-yu, o'zlari o'sha jamiyat, davlat va xalqqa biror narsa bilan foydam tegdimi, deb o'ylab ham ko'rmaydi. O'zi tug'ilib o'sgan yurtda bo'layotgan voqea-hodisalar, o'zgarishlar, muammolarning ularga hech qanday aloqasi yo'qdek, faqat o'z hayoti ichiga «qamalib olishadi». Xudbin shaxs nafaqat jamiyat muammolariga nisbatan loqayd, balki o'z atrofidagi tengdoshlari, hamkasblari, hatto oilasi a'zolariga nisbatan ham o'zini xuddi yotdek, begonadek tutadi. Bu xil insonlar odam bolasiga shafqat nazari bilan qarash, yordamga muhtojlarga najot qo'lini cho'zish, o'zgalar tashvishi yo'lida oromidan kechishdek ezgu amallarni hatto o'ylashmaydi ham. Jamiyatimizga jiddiy tahdid tug'diruvchi illatlardan yana biri loqaydlikdir. Yurtboshimiz bu illatning qanchalar xavfli ekani to'g'risida «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» asarida nihoyatda ibratli, asosli mulohazalarni bildirib o'tadi. Shu o'rinda O'zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzoning quyidagi da'vatkor satrlari yodga tushadi: Dunyo bugun boshqa dunyo, niqobi turli, Ko'nglidagi gapi turli, xitobi turli. Yuragingni uyg'ot, do'stim, qalbingni uyg'ot! G'ofillarning rohati yo'q, azobi turli. Bu kurashda o'z o'rningni tanladingmi, hey?! O'zliging va kimligingni angladingmi, hey?! Bu binolar ko'kdan bino ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.45 MB
Ko'rishlar soni 191 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:15 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.45 MB
Ko'rishlar soni 191 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga