Логотип 7-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani asosida 2-mavzu Ma'naviyat va uning ta'rifi Prezidentimiz Islom Karimov ma'naviyatga quyidagicha ta'rif bergan: Название слайда Логотип «Ma'naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulg'ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymone'tiqodini utun qiladigan, vijdonini uyg'otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir». Ma'naviy dunyosi boy kishida ichki nazar kuchli bo'ladi. Bunday insonlarni qalb ko'zi ochiq odam, deb ham ta'riflaydilar. Ichki dunyosi keng, boy va baquvvat inson hamma ishni puxta o'ylab amalga oshiradi, ichki ma'naviy hamrohi, maslahatdoshidan qo'shimcha kuch-qudrat olib turadi. Irodasi baquvvat odam qalbidagi ezgu his-tuyg'ularni uyg'otib, vujudida yangi kuch-g'ayratni his qilgandek bo'ladi va boshqalardan ko'proq ishlab yoki o'qib, ustunligini namoyon etadi. Tinimsiz mashq, hayot sinovlarida toblanish, qiyinchiliklardan cho'chimasdan, faqat oldinga qarab intilish, o'zining kuch va imkoniyatlariga ishonish natijasida odamning irodasi mustahkamlanib boradi. Yana bir mezon - iymon-e'tiqodning butunligi ham ma'naviyatning ajralmas qismidir. Ezgulik va haqiqatga qat'iy ishonch, komillikka qarab intilish iymon-e'tiqod belgisidir. Insondagi ishonch-e'tiqod butun, ya'ni to'la va mukammal bo'lsa, hech qanday shubha-gumon unga raxna sololmaydi, u ma'naviyatning tayanchi, o'zagiga aylanadi. Dunyodagi yolg'onchilik, ko'zbo'yamachilik, uyatsizlik, birovning haqiga xiyonat qilish kabi illatlar insondagi vijdon tuyg'usini so'ndirib, bora-bora uni vijdonsiz kimsaga aylantirib qo'yishi mumkin. Ma'naviyat vijdonni uyg'otgani uchun ham insonning barcha qarashlari mezoni bo'lib kelmoqda. Insonning barcha qarashlari mezoni deb, uning qalbini, dunyoqarashini, xatti-harakatlarini belgilaydigan ishonch-e'tiqodga aytiladi. «Vijdoni uyg'oq odam yon-atrofida bo'layotgan voqealarga, yordam va ko'makka muhtoj insonlarning muammolariga, adolatning toptalishiga befarq qaray olmaydi. Ishonch-e'tiqod - ma'naviyat asosi. Demak, inson qarashlarining mezonini yuksak ma'naviyat belgilaydi. Ya'ni, odamzot narsa-hodisalarga baho berishda aynan ma'naviyatga, ma'naviy mezonlarga ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:22:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.6 MB
Ko'rishlar soni
198 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:15
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.6 MB
Ko'rishlar soni
198 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:15 ]
Arxiv ichida: pptx