Ma'naviyatga tahdid - o'zligimizga tahdid 7-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani asosida 9-mavzu Ko'zga ko'rinmas xatarlar «Globallashuv - bu avvalo hayot sur'atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir». Azal-azaldan odamlar, millatlar va mamlakatlar doimo o'zaro muloqotda bo'lib kelishgan, bir-biriga har jihatdan ta'sir ko'rsatishgan. Lekin, shunisi borki, uzoq asrlar davomida bu aloqa- ta'sirlar juda sekinlik bilan, kichik doiralarda, chegara oldi hududlarida ro'y berardi. Hozir Yer yuzining boshqa yarim sharida, bizdan o'n minglab chaqirim uzoqdagi mamlakatda bo'lib o'tgan voqea-hodisa, ishlab chiqarilgan buyum, ilmiy kashfiyot to'g'risida xabar topmog'imiz uchun daqiqalar emas, hatto soniyalarning o'zi yetarlidir Hamma gap shundaki, o'sha - o'n minglab kilometr uzoqda yuz bergan voqea-hodisa erta o'tib indin dunyoning istalgan bir burchida ham yuz berishi mumkin bo'lib qolmoqda. Dunyoning qayerida bo'lmasin, yaratilgan ilmiy kashfiyotdan barchaning tez bahramand bo'lishi, uning yordamida odamlar turmushini yanada farovonlashtirish, og'irini yengil qilish - nihoyatda zarur va savobli ish. Eng xatarlisi - dunyoning turli burchaklarida joylashib olgan qo'poruvchi kuchlar ham globallashuvdan o'z manfaatlari yo'lida foydalanishga urinishmoqda. Bunday kuchlarni, ma'naviy-mafkuraviy tajovuzlarni, shartli ravishda, ikki yirik yo'nalishda kuzatish mumkin. Bu yo'nalishlardan birini muqaddas islom dini nomidan noqonuniy ish olib borayotgan har xil buzg'unchi kuchlar tashkil etadi. Aqidaparastlikni, diniy ekstremizmni, shafqatsiz terrorchilikni o'ziga qurol qilib olgan bunday guruhlar bizning yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikka raxna solishning turli usullarini o'ylab topmoqda. Ular butun Yer yuzidagi odamlar o'rtasida diniy, irqiy, milliy nizolarni keltirib chiqarish, hammani o'zlari singari fikrlash, hayot kechirishga majbur qilish yo'lida hech narsadan tap tortmaydi. O'zbekiston zamini qadim-qadimdan turli millat va elatlar, dinlar, madaniyatlar o'zaro hamkor- hamjihat bo'lib yashagan, ravnaq topgan ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:22:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.67 MB
Ko'rishlar soni
189 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:15
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.67 MB
Ko'rishlar soni
189 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:15 ]
Arxiv ichida: pptx