7-sinf MIG' Ma'naviyatning shakllanishida oilaning o'rni

7-sinf MIG' Ma'naviyatning shakllanishida oilaning o'rni

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf MIG' Ma'naviyatning shakllanishida oilaning o'rni - rasmi

Material tavsifi

Ma'naviyatning shakllanishida oilaning o'rni 7-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani asosida 15-mavzu Yurtboshimiz o'zining «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» kitobida bir necha marta ulug' adibimiz Abdulla Qodiriyning «O'tkan kunlar» romanini yodga oladi. Chunki, mazkur asarda xalqimizga azaldan xos bo'lgan o'lmas qadriyatlarimiz, ruhiy-ma'naviy boyliklarimiz ta'sirli ifoda etilgan. Agar bu asarni sinchiklab o'qisangiz, Otabek va Kumushbibi o'sgan muhit - oiladagi saranjom-sarishtalik, muomala-munosabatdagi o'zaro hurmat va andisha havasingizni keltiradi. Bularning barchasi inson tarbiyasida, uning ma'naviy kamolotida oila muhiti qanchalar muhim o'rin tutishini ko'rsatadi. Bu muhitning sog'lom va pok bo'lishi esa ko'plab omillarga bog'liq. oila muhiti Avvalo, ota-onaning bir-biriga munosabati samimiy, o'zaro hurmat asosida qurilsagina bunday oilada musaffo ma'naviy muhit vujudga keladi. Albatta, o'zini hurmat qilgan ota-onalar ro'zg'orni moddiy tomondan ta'minlash, yangi imorat qurish yoxud mashina sotib olish singari og'ir yumushlarni hech qachon voyaga yetmagan bolalari gardaniga tashlab qo'yishmaydi. Oilada, agar sinchiklab qarasangiz, hammaga ish topiladi. Yana ham to'g'rirog'i, oila ishlarining yurishishi, uning sog'lom va mustahkam bo'lishi, oila ma'naviy muhitining musaffoligi uning har bir a'zosi xatti-harakatiga bog'liqdir. Qilayotgan mehnatimiz natijasida faqat hovli-joyimiz, deraza oynamizgina poklanib, yarqirayotgani yo'q, ko'nglimiz, dilimiz ham obod bo'lyapti, ruhimiz o'syapti. Shuni ham aytamizki, bu jarayonda kattalar bilan biron yumush haqida maslahatlashmoqchi bo'lsangiz, ularning kayfiyatiga, vaqtiga qarashingiz, aytiladigan fikrni o'ylab, ularni ranjitmaydigan tarzda gapirishga harakat qilishingiz lozim. Kishi kundalik hayotining asosiy qismi mehnat qilish, o'qish va boshqa zarur yumushlarni bajarish bilan o'tadi. Har bir odamning oilasi bag'riga xursandchilik bilan qaytishining, oxir-oqibat uzoq umr ko'rishining garovi - rahbar bilan xodimning, o'qituvchi bilan o'quvchining, kasbdoshlar, tengdoshlarning o'zaro muomalasi, muloqotiga chambarchas bog'liqdir. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.48 MB
Ko'rishlar soni 173 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:15 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.48 MB
Ko'rishlar soni 173 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga