7-sinf MIG' Milliy o'zlik va an'analar

7-sinf MIG' Milliy o'zlik va an'analar

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf MIG' Milliy o'zlik va an'analar - rasmi

Material tavsifi

Milliy o'zlik va an'analar 7-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani asosida 8-mavzu Bugungi kundagi turli zararli mafkuraviy ta'sirlarga berilmasdan, har qanday sharoitda ham milliy qiyofamiz, betakror fazilatlarimizni saqlab qolishimizda qadimiy an'ana va qadriyatlarimizni asrab, ularga amal qilib yashashimiz muhim ahamiyat kasb etadi. Yer yuzidagi har bir millat o'ziga xos bo'lgan an'ana va qadriyatlari bilan alohida ajralib turadi. Tabiiyki, har qaysi xalqning bebaho boyligi bo'lgan bunday qadriyat va an'analar bir-ikki yilda paydo bo'lib qolmagan. O'zbek xalqining ajdodlardan avlodlarga o'tib kelayotgan milliy qadriyatlari ham uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Qadriyatlar muayyan sharoitda shakllanadi. Shunga ko'ra, bir millat qadriyatlarining boshqasinikidan farq qilishi o'sha qadriyatning shakllanish sharoiti bilan izohlanadi. «Tarix» darslarida olgan saboqlaringizdan yaxshi bilasizki, bizning xalqimiz juda qadim paytlardan boshlab o'troq hayot kechirishga o'rgangan. Odamlar o'zi o'rnashib qolgan yerni, uning atrofidagi suv manbalarini qadrlashni, asrashni odat qilganlar. Chunki mana shu yer va suv yordamida olinadigan hosil insonlarning rizqi, tirikchiligining muhim manbayi hisoblangan. Yurtimizda bunyod etilgan Samarqand, Qarshi, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Andijon, Marg'ilon, Termiz va Qo'qon singari o'nlab shaharlarning yoshi ming yillar bilan o'lchanishi ham bejiz emas. Xalqimiz o'zi tug'ilib o'sgan yer-zaminga qattiq bog'langan, uni e'zozlashni bolaligidan o'rganib, his qilib yashaydigan millat sanaladi. xalqimizning o'z yurtiga cheksiz sadoqati, ehtiromi bilan og'liq milliy an'ana va qadriyatlari uning yashash tarzi va boy tarixi bilan izohlanadi. Vatanimiz mustaqillikka erishgunga qadar xalqimiz og'ir va uzoq davom etgan istibdod sharoitida hayot kechirdi. Qadim Turkiston o'lkasi avval chor hukumati, keyin esa sho'ro hokimiyati tomonidan istilo etildi. Darhaqiqat, qariyb 130 yil davom etgan istibdod davrida yurtimizning moddiy boyliklarigina emas, balki ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.73 MB
Ko'rishlar soni 185 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:15 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.73 MB
Ko'rishlar soni 185 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga