8-sinf MIG' Bunyodkor xalq

8-sinf MIG' Bunyodkor xalq

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf MIG' Bunyodkor xalq - rasmi

Material tavsifi

Bunyodkor xalq 8-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 1-mavzu Yer yuzidagi har bir xalq o'z tarixi, bugungi va kelajak hayotini o'zi yaratadi. Shuning uchun ham ularni bunyodkor kuch deb ataymiz. Insonning bu dunyoda erkin yashashi, oila qurib, bola o'stirishi, ezgu orzu-niyatlarini ro'yobga chiqarishi uchun mutlaqo imkon qolmagan bo'lardi. «Bunyodkorlik» so'zi yaratish, qurish, yo'qdan bor qilish degan ma'nolarni anglatadi. Haqiqatan ham, bizning qadimiy shaharlarimizni dunyo ahli katta hayrat va hayajon bilan tomosha qiladi, buyuk ajdodlarimizning aql-zakovati va mahoratiga qoyil qoladi. Bugungi kunda mamlakatimizda turli sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, yurtdoshlarimizning ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, san'at va sport bo'yicha rishayotgan ulkan yutuqlari ham jahon jamoatchiligi tomonidan tan olinmoqda. Samarqand, Rim, Buxoro, Parij, Vena, Venetsiya, Dehli, Berlin va Madrid kabi qadimiy shaharlar, Buyuk Xitoy devori, Registon, Misr ehromlari, Tojmahal, Eyfel minorasi singari me'moriy mo'jizalar aynan bunyodkorlik tufayli vujudga kelgan. Samarqand Rim Buyuk Xitoy devori Misr ehromlari Odamlar bahramand bo'lishi uchun qo'li gul usta va me'morlar tomonidan yaratilgan go'zal favvoralar yonida, bog'bonlar ekib, parvarish qilgan daraxtlar soyasida o'tirib, nafas rostlaymiz. Yoki olimlarimiz yozgan kitoblarni o'qib, bilim olamiz, san'atkorlarimiz yaratgan kinofilmlar, sahna asarlari, multfilmlarni ko'rib, ma'nili hikoyalarni eshitib, fikrimiz, dunyoqarashimiz kengayadi, his-tuyg'ularimiz tarbiyalanadi. Siz qadrdon maktabingizga qaytib, yangi o'quv yilini boshlayotgan shu kunlarda mamlakatimizda Mustaqillik bayrami tantanalari davom etmoqda. Huquqiy demokratik davlat qonunlarga tayangan holda rivojlanadigan, xalqning xohish-irodasi asosiy o'rin tutadigan davlat deganidir. Bunyodkorlik ulug' fazilat bo'lib, u har kuni, har soatda ezgu ishlar qilib yashash, nimadir yaratish, nimanidir kashf qilish, qo'lni ishga, miyani fikrlashga, qalbni oliyjanob hislarga tinimsiz o'rgatib ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.3 MB
Ko'rishlar soni 187 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:21 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.3 MB
Ko'rishlar soni 187 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga