Dinlararo bag'rikenglik 8-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 9-mavzu Inson hayotida boshqa qadriyatlar qatori din va diniy an'analar ham muhim o'rin tutadi. Din qadim-qadimdan insoniyat uchun zarur bo'lgan halollik, poklik, insof-u diyonat kabi tushunchalarni o'zida aks ettirib, odamlarni o'zaro do'st va inoq, mehr-oqibatli bo'lib yashashga undab keladi. «Din» arabcha so'z bo'lib, ishonch degan ma'noni bildiradi. Din - ilohiy kuchlarga ishonch asosida shakllangan tushuncha, tasavvur va qoidalar tizimidir. Dunyodagi barcha dinlar ezgulik g'oyalariga asoslanadi. Ular odamlarni to'g'rilik, shafqat va bag'rikenglikka, birovga ozor bermaslik, yomon ishlardan tiyilishga, nafs ko'yiga tushib, adashmaslikka chaqiradi. Diniy bag'rikenglik g'oyasi hamma dinlarga xos ana shu umumiy tamoyillarni anglagan holda, ular o'rtasida hamkorlik o'rnatishga xizmat qiladi. Dinlararo bag'rikenglik deb, turli din vakillarining o'zaro hurmat asosida, oliyjanob g'oya va niyatlar yo'lida hamkor va hamjihat bo'lib yashashiga aytiladi. Bugungi kunda dinlararo bag'rikenglikka erishish uchun ular o'rtasida madaniy muloqot, amaliy hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilmoqda. Qadimda Buyuk ipak yo'li bizning yirik shaharlarimiz orqali o'tgan. Shu bois turli din vakillari yurtimizga kelib, bu yerda muqim yashab qolganlar. Qadimiy shaharlarimizdan topilgan osori atiqalar, ko'hna yodgorliklar buni yaqqol isbotlaydi. Diniy bag'rikenglik borasidagi shunday an'analar bugungi kungacha davom etmoqda. Ularning barchasi el-yurtimiz dinlararo bag'rikånglik borasida boy tajribaga ega ekanidan dalolat beradi. Bugungi kunda mamlakatimizda barcha diniy konfessiyalar faoliyati uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilgan. Bu boradagi huquqiy asoslar O'zbekiston Konstitutsiyasida, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi qonunda belgilab berilgan. Mamlakatimizda turli millat va din vakillarining urf-odat hamda an'analari rivoji uchun qulay sharoitlar yaratilgani, dinning asl mohiyatini tushunishga yordam beradi. Savol va topshiriqlar: 1. Dinlar ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:22:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.25 MB
Ko'rishlar soni
180 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:21
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.25 MB
Ko'rishlar soni
180 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:21 ]
Arxiv ichida: pptx