Do'stlik - yuksak ma'naviy tushuncha 8-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 13-mavzu Do'stlik - insonlar o'rtasidagi maqsadlar, intilishlar, qarashlar va manfaatlar yaqinligi, o'zaro bir-birini tushunishga, bir-biriga ishonishga asoslangan munosabatlar demakdir. Do'stlik - insonni ma'naviy qo'llab-quvvatlovchi, uning og'irini yengil qiluvchi, ruhiyatini ko'taruvchi, o'ziga ishonchni orttiruvchi kuchdir. Haqiqiy do'st topish va unga chinakam do'st bo'lib qolish insondan ko'p narsani talab qiladi. Bular esa - fidoiylik, rostgo'ylik, to'g'rilik, o'z manfaatlaridan voz kecha bilish, sir saqlay olish va boshqalardir. Hayotda haqiqiy, sadoqatli do'st topish inson uchun katta baxtdir. Afsuski, bu baxtga hamma ham muyassar bo'lavermaydi. Hayotda haqiqiy do'stlar bilan bir qatorda soxta do'stlar ham uchrab turadi. Ular shaxsiy manfaat yuzasidan, ma' lum bir maqsadni ko'zlab, o'zlarini do'st qilib ko'rsatishga harakat qiladilar, ya'ni hayot sahnasida mahoratli artist bo'ladilar. Do'st deb ishonib aytgan sirlaringizni dushmanlaringizga oshkor qilib, endi ularga «do'stligi»ni namoyish qiladi. Shu bois ham soxta do'st o'ta xavfli va dushmandan ham qo'rqinchlidir. Chunki inson o'z dushmanini bilgach, uning har bir xatti-harakatidan ehtiyot bo'ladi, o'zini ma'lum uzoqlikda saqlab yuradi. Do'stning chinakam yoki soxtaligi, ayniqsa, inson boshiga og'ir kunlar tushganda yaqqol bilinadi. Inson uchun haqiqiy do'st kim, dushman kimligini bilish juda muhimdir. Bir-birlarini obdon sinab bilganlaridan keyingina ular o'rtasida endi hech kim buza olmaydigan mustahkam do'stlik rishtasi ulanadi. E'tibor bering: demak, chinakam do'st faqat sizning o'zingizgagina emas, butun oila a'zolaringizga ham do'stlik, mehr-shafqat ko'zi bilan qarar ekan-da. Bobur Mirzoning: - degan o'gitlari zamirida juda katta hayotiy haqiqat mujassam. Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir, Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidir. Yaxshi kishi ko'rmagay ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:22:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.31 MB
Ko'rishlar soni
295 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:21
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.31 MB
Ko'rishlar soni
295 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:21 ]
Arxiv ichida: pptx