Ijtimoiy hamkorlik 8-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 7-mavzu Hamma joyning o'ziga xos tabiati va iqlimi bor. Xuddi shuningdek, odamlar va xalqlar ham rang-barang va xilma-xil. Hatto bir millat yoki bir xalqqa tegishli odamlar ham dunyoqarashi, fe'l-atvori, insoniy xususiyatlari va manfaatlariga ko'ra bir-biridan farq qiladi Bizning mamlakatimizda ham turli toifa, millat va elat, din vakillari istiqomat qiladi. Har bir toifa, har bir guruhning o'ziga xos maqsad-muddaosi, manfaatlari, umid-ishonchi bor. Shuningdek, ana shu turli odamlarni yagona bir mamlakat xalqi, yagona bir jamiyat a'zolari sifatida birlashtirib turadigan umummilliy maqsad-muddaolar, manfaatlar ham mavjud. Bu - millati, tili, dini va ijtimoiy mansubligidan qat'i nazar, barcha O'zbekistonliklar uchun yagona Vatan bo'lgan muqaddas yurtimizning ravnaq topishi, tinchligi va osoyishtaligidir. Ijtimoiy hamkorlik g'oyasi ana shu birlikni kuchaytirishga, umumiy maqsad yo'lida yagona xalq bo'lib oldinga intilishga xizmat qiladi. Ijtimoiy hamkorlik biron-bir ishni, vazifani ko'pchilik bo'lib bajarishni, ya'ni birgalikda harakat qilishni bildiradi. Ijtimoiy hamkorlik g'oyasi yurtimizdagi har bir inson o'zini mamlakatimiz fuqarosi, uning hududida yashaydigan buyuk xalqning vakili deb his etishiga qaratilgani bilan o'ta muhimdir. Ijtimoiy hamkorlik har qanday jamiyat uchun hayotiy zarurat hisoblanadi. Chunki shunday hamkorlik bo'lmasa, yurtda tinchlik va osoyishtalik, o'zaro hamjihatlik, totuvlik bo'lmaydi. Ijtimoiy hamkorlikning ziddi - o'zaro ixtilof, qarama-qarshilik, nizo va adovatdir. Bunday salbiy holatlar hech qachon yaxshilikka olib kelmaydi. Demak, mustaqil va erkin hayotni asrashning eng muhim shartlaridan biri - jamiyatda ijtimoiy hamkorlik, o'zaro hurmat va mehr-oqibat muhitini doimo qadrlab, mustahkamlab borishdan iborat Ijtimoiy hamkorlik g'oyasi ham xalqlarni, butun insoniyatni ana shunday birlashib, turli xavf-xatarlarni yengishga, yaxshilik sari intilishga undaydi. ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:22:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.1 MB
Ko'rishlar soni
179 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:21
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.1 MB
Ko'rishlar soni
179 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:21 ]
Arxiv ichida: pptx