8-sinf MIG' Insonni anglash

8-sinf MIG' Insonni anglash

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf MIG' Insonni anglash - rasmi

Material tavsifi

Insonni anglash ALLPPT. Free PowerPoint Templates, Diagrams and Charts 8-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 11-mavzu Ma'naviyatni insondan, uning qalbi, ong-u tafakkuri va dunyoqarashidan ayri holda tasavvur etib bo'lmaydi. Insonni anglash g'oyat muhim fazilat, madaniyat bo'lib, gumanizm, ya'ni insonparvarlikning asosini belgilab beradigan umumbashariy qadriyatdir. Insonni anglash qadim- qadim zamonlardan buyon olim va faylasuflarni, shoirlar, rassom va bastakorlarni, turli kasb egalarini o'ylantirib kelayotgan g'oyat murakkab masala. Dunyodagi qancha-qancha kitoblar, musiqa va tasviriy san'at asarlari aynan shu muammoga - insonni tushunish mavzusiga bag'ishlangan. Insonni hech qanday kuch yoki qurol bilan yengib, qalbini, ruhini zabt etib bo'lmaydi. Faqat qalbiga yo'l topish orqali u bilan do'st va hamkor bo'lish mumkin. Birovning qalbini tushunish qanchalik qiyin bo'lsa, insonning o'zini anglashi undan ham murakkabdir. Kishi o'zini teranroq anglab yetishi uchun doimo hushyor va ogoh bo'lib yashashi, o'qishdan, o'rganishdan, izlanishdan bir zum ham to'xtamasligi lozim. Qilgan ishlari, xato va kamchiliklarini har kuni tanqidiy baholab, sarhisob qilib borishi zarur. Muqaddas hadislarda «Beshikdan qabrgacha ilm izlang», dåb båjiz zikr etilmagan. Inson bu dunyoga o'qish-o'rganish, olam sirlaridan xabardor bo'lish, o'zligini anglash uchun keladi. Siz tushungan inson - eng yaqin do'stingiz. Siz tushunmagan inson - hali siz yetib bormagan, kashf yetmagan dunyodir. Bu jahonda o'zini, o'zgalarni anglashga harakat qilib yashaydigan odam o'z ma'naviyatini doimo boyitib, yuksaltirib boradigan insondir. E'tibor berganmisiz, ota-onangizning ko'nglidagi istagini ular aytmasidanoq fahmlab, vaqtida choy damlab bersangiz, tuflisi, kiyim-boshini tozalab qo'ysangiz, ular qanchalik xursand bo'lishadi. Insonni anglash odamlar, eng avvalo, yaqin qadrdonlaringiz, el-u yurtingiz xizmatiga shay bo'lish, zarur paytlarda ularning dardiga darmon bo'lish ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.75 MB
Ko'rishlar soni 187 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:21 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.75 MB
Ko'rishlar soni 187 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga