8-sinf MIG' Jamoa tuyg'usi

8-sinf MIG' Jamoa tuyg'usi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf MIG' Jamoa tuyg'usi - rasmi

Material tavsifi

Jamoa tuyg'usi 8-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 10-mavzu El yurtimizning qadim zamonlardan boshlab o'troq hayot kechirib, jamoaviylik asosida o'zaro ahillikda yashab kelganini qayd etishimiz lozim. «Ma'lumki, har qaysi xalq yoki millatning tafakkuri, turmush tarzi, ma'naviy qarashlari o'z-o'zidan, bo'sh joyda shakllanib qolmaydi. Ona tilimizdagi mehr-oqibat, mehr-muhabbat, mehr-shafaqat, qadr-qimmat degan, bir-birini boyitadigan iboralar ko'proq bizning xalqimiz uchun yaqin va tushunarli bo'lib, ularni boshqa tillarga tarjima qilishning o'zi qiyin. El-yurtimizning hayoti, tarixi, milliy qadriyat va an'analari bilan birga shakllanib, uning turmush tarzi, dunyoqarashining ajralmas qismi bo'lib qolgan. «Masalan, ezgu odatimizga aylanib ketgan mehr-oqibat tushunchasini oladigan bo'lsak, uning juda teran tarixiy, milliy, diniy ildizlari borligini ko'rish mumkin. Biz yashab turgan hozirgi O'zbekiston, O'rta Osiyo hududida aholi azaldan vodiylarda, katta suv manbalari - daryo va anhorlar bo'yida yashab kelgan. Hashar, to'y-u tomoshalarni mahalla ahli bilan bamaslahat o'tkazish, Navro'z bayrami kunlarida halim, sumalak kabi bahor taomlarini tayyorlash, turli o'yin va tomoshalar uyushtirish Ko'makka muhtoj, qarovchisiz kishilarning holidan xabar olish, ularga beg'araz yordam ko'rsatish, kam ta'minlangan oilalarni qo'llab-quvvatlash, yoshlarning axloqiy-ma'naviy tarbiyasiga, mahalladagi tozalik, obodonchilikka e'tibor berish bilan bog'liq qadriyatlarimiz shular jumlasidandir. Jamoaviy hayot insonni yon-atrofdagi odamlarning dard-u quvonchlariga e'tiborsiz bo'lmaslikka, boshqalar uchun ko'yinib, faqat o'zini emas, o'zgalarni ham o'ylab yashashga o'rgatadi. Jamoaviylik va insonparvarlik o'zaro yaqin va mushtarak tushunchalardir. Bizda jamoaviylik an'analari kuchli bo'lgani uchun biron-bir ishga qo'l urishdan oldin ko'pchilikdan maslahat so'raladi. Ko'pchilik ma'qullagan ish albatta oxiriga yetkaziladi. O'zaro hamfikr insonlarning ahil jamoa bo'lib harakat qilishi kundalik hayotda ham, ishda, mehnatda ham katta yutuqlarga asos bo'ladi. Savol va topshiriqlar: 1. Xalqimizning ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.06 MB
Ko'rishlar soni 182 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:21 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.06 MB
Ko'rishlar soni 182 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga