Komil inson 8-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 6-mavzu «Komil inson» iborasi kamol topgan, yetuk, mukammal degan ma'nolarni anglatadi. Komil insonni tarbiyalash - umumbashariy g'oya. Ya'ni, bu - jami odamzotga xos orzu. Tarixning muayyan davrlarida xalq taqdirida beqiyos o'rin tutgan buyuk zotlar ham ezgulik ramziga, ibratli fazilatlar timsoliga aylanib qoladi. Bu ulug' ajdodlarimizning har biri haqida, ularning betakror fazilatlari to'g'risida ko'p gapirish mumkin. Jumladan, buyuk shoir bobomiz Alisher Navoiy haqidagi mana bu ta'riflarni komil inson haqidagi madhiya desak, arziydi: «Agar bu ulug' zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir». Haqiqiy komil insongina shunday ulug' fazilatlarni o'zida mujassam etishi mumkin. O'z elining faxr-u g'ururiga aylangan bunday insonlar dunyodagi boshqa xalqlar orasidan ham ko'plab yetishib chiqqan. Komillikni orzu qilmagan, barkamol avlodlarni voyaga yetkazish haqida qayg'urmagan xalq yoki millat o'z kelajagini tasavvur etolmaydi. Inson mukammal, kamchilik va nuqsonlardan butunlay xoli bo'lishi mumkinmi? Yo'q, albatta. Inson borki, xato qiladi, adashadi. Har bir inson yoshligidan pokiza orzu-umidlar bilan yashaydi, xalqiga, Vataniga foydasi tegadigan shaxs bo'lib yetishishni o'ylaydi. Alisher Navoiy bobomiz shuni nazarda tutib, bunday deganlar: Noqis uldirkim, o'zin komil degay, Komil ulkim, nuqsin isbot aylagay. Ya'ni, kim o'zini komil, mukammal desa, aslida u nomukammal, nodondir. Buyuklik oddiylikda bo'lgani kabi, komillik ham, avvalo, insonning kamtarlik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, mehr-oqibatlilik singari oddiy va kundalik fazilatlarida namoyon bo'ladi. Bugungi kunda Vatanimizda sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish maqsadida qilinayotgan ko'pdan-ko'p ishlar aynan shundan dalolat beradi. Komil inson g'oyasi islom falsafasidan oziqlanib, xalqimiz tafakkurida yanada kengroq ma'no-mazmun kasb etgan. ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:22:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.85 MB
Ko'rishlar soni
183 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:21
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.85 MB
Ko'rishlar soni
183 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:21 ]
Arxiv ichida: pptx