Ma'naviyat - inson va jamiyat madaniyatining negizi 8-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 12-mavzu Biz ma'naviyat va u bilan bog'liq tushunchalar haqida gapirganimizda, faqat insongagina xos yuksak tuyg'ular, hislar, ko'nikmalar, tajribalardan kelib chiqamiz, shularga tayanamiz. Yana bir narsani yaxshi bilib olishimiz kerak: ma' naviyat ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Bu degani uning paydo bo'lishi, takomillashishi, avloddan avlodga o'tishi inson faoliyati bilan bog'liq. Insonlar faoliyati esa o'zaro jamlanib, jamiyat hayotini yuzaga keltiradi. Demakki, inson va uning faoliyatisiz, jamiyatning ijtimoiy hayotisiz ma'naviyatni tasavvur etib bo'lmaydi. «Ma'naviyat insonning qon-qoni, suyak-suyagiga yillar davomida ona suti, oila tarbiyasi, ajdodlar o'giti, Vatan tuyg'usi, bu hayotning ba'zida achchiq, ba'zida quvonchli saboqlari bilan qatra-qatra bo'lib singib boradi». Modomiki, ma'naviyat insonning qon-qoniga, suyak-suyagiga singadigan tuyg'ular, qarash va ko'nikmalar majmuyi ekan, demak, ularni ko'z bilan ko'rib, qo'l bilan ushlab bo'lmaydi. Ma'naviyat inson ruhiyatida, qalbi va ongida shakllanib ulg'ayadi. Ma'naviy qadriyatlar ajdodlar to'plagan tajribalar, ibratlar, axloqiy qarashlar tarzida avlodlarga o'tib boradi. Insonning, jumladan, bizning yurtimizda tug'ilib o'sgan kishilarning hayotini yuqorida sanab o'tilgan qadriyatlarsiz tasavvur etib bo'lmaydi. «Mamlakatimiz hududida mavjud bo'lgan to'rt mingdan ziyod moddiy-ma'naviy obida umumjahon merosining noyob namunasi sifatida YUNESKO ro'yxatiga kiritilgani ham bu fikrni tasdiqlaydi». Qariyb uch ming yil avval Xorazm vohasida yaratilgan «Avesto» kitobi alohida e'tiborga loyiqdir. Bu kitobning tub ma'no-mohiyatini belgilab beradigan «Ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal» degan bosh g'oyasi hanuzgacha o'z dolzarbligini, ahamiyatini yo'qotgan emas. Birinchisi - fikrlar sofligi, Ikkinchisi - so'zda sobitlik, Uchinchisi - amallarning insoniyligi. «Avesto»dagi bu ta'limot bo'yicha inson imon-e'tiqodi uch tayanchga asoslanadi: O'zini hurmat qiladigan, qadrlaydigan odam bunday «yaxshilik»ka ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:22:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.87 MB
Ko'rishlar soni
218 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:21
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.87 MB
Ko'rishlar soni
218 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:21 ]
Arxiv ichida: pptx