Millatlararo hamjihatlik 8-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 8-mavzu Vatanimiz - O'zbekistonimiz ko'pmillatli davlat. Yurtimizda o'zbeklar bilan birga yuzdan ziyod millat va elat vakillari ahil va inoq yashaydi. Millatlararo hamjihatlik - umumbashariy qadriyat. U bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yo'lida mehnat qilayotgan turli millat va elat vakillarining ahilligini mustahkamlaydi, tinchlik va barqarorlikning, taraqqiyotning muhim omili bo'lib xizmat qiladi. Bir millat vakili boshqa millatning hayoti, turmush tarzi bilan tanishar ekan, o'zi uchun yangi bilim va xulosalar oladi, tajriba orttiradi. Millat va elatlarning ko'pligi va xilma-xilligi insonga o'zligini anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlarning inson hayotidagi o'rni va ahamiyatini tushunib yetish imkonini beradi. Jahondagi turli millatlarning tili, turmush tarzi va urf-odatlari bir-birinikidan farq qilsa-da, ularning orzu-intilishlari, moddiy va ma'naviy ehtiyojlari, hayot falsafasi bir-biriga yaqin. Barcha millat vakillari ozod va erkin yashashni, oila qurib, farzand o'stirib, o'zidan munosib zurriyod qoldirishni, kuy-qo'shiqlar kuylab, hayotdan zavqlanishni, baxtli bo'lishni istaydi. Bizning milliy g'oyamiz xalqimizning orzu-intilishlarini haqqoniy aks ettirgani uchun har qanday millatchilikdan, boshqa elat va xalqlarga nisbatan mensimaslikdan mutlaqo xoli. Millatlararo hamjihatlik g'oyasi xalqimizning ezgu insoniy fazilatlarini ifoda etadi va kelajakda bu an'analarni yanada boyitish va rivojlantirishni nazarda tutadi. Millatlararo hamjihatlik g'oyasi xalqimizning ezgu insoniy fazilatlarini ifoda etadi va kelajakda bu an'analarni yanada boyitish va rivojlantirishni nazarda tutadi. Shovinizm - millatchilikning bir turi bo'lib, boshqa millatlarni mensimaslik, o'zini ularga nisbatan ustun qo'yishga intilish. «Fashizm» italyancha so'z bo'lib, to'da, bog'lam degan ma'nolarni anglatadi hamda ommaviy qirg'in va zo'ravonlik bilan siyosat olib boradigan yovuz kuchlarga aytiladi. Hozirgi kunda ham turli g'oyaviy va mafkuraviy yo'llar bilan ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:22:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.92 MB
Ko'rishlar soni
228 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:21
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.92 MB
Ko'rishlar soni
228 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:21 ]
Arxiv ichida: pptx