Milliy g'oyamiz 8-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 2-mavzu Milliy g'oya yuksak vazifalarni amalga oshirish, umumiy maqsadlarga erishish yo'lida odamlar qalbida ishonch uyg'otadigan, ularni birlashtiradigan, safarbar etadigan g'oya yoki g'oyalar tizimidir. Milliy g'oya o'z-o'zidan paydo bo'lib qolmaydi. U xalqning, millatning asrlar davomida orzu qilib, intilib kelgan maqsad-muddaolarining natijasi sifatida shakllanadi. Ajdodlardan meros buyuk ma'naviy boylikni har qanday og'ir sharoitda asrab qola olgan xalq va millatgina milliy o'zligi, tarixiy qiyofasini ham saqlab qolishga erishadi. Milliy g'oya jamiyatning kuchi uning birligi va hamjihatligida ekanini doimo eslatib, millatning har bir vakiliga kuch-g'ayrat bag'ishlab turadi. Bizning milliy g'oyamizning asosini yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi kabi buyuk maqsadlar tashkil etadi. Bizning milliy g'oyamiz o'zining shakllanish va rivojlanish tarixiga ega bo'lib, zamon talablariga uyg'un holda muttasil boyib, takomillashib boradigan tizimdir. Milliy g'oyaning ma'no-mazmunini belgilaydigan asoslardan biri - bu xalqimizning qadimiy va boy tarixidir. Milliy g'oyaning tarixiy asoslari bunyodkorlik, mehnatsevarlik azal-azaldan xalqimizning bosh fazilati, ustuvor maqsadlaridan biri bo'lib kelganidan dalolat beradi. El-yurtimiz qadim-qadimdan farzand tarbiyasiga, oila mustahkamligiga katta ahamiyat berib keladi. Insonning shakllanishi va kamolga yetishida oilaviy muhit, ota-bobolardan meros an'analar g'oyat muhim o'rin tutadi. Dunyoviy bilimlar deganda, yon-atrofimizdagi olam, tabiat, ularning rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari, inson hamda jamiyat haqidagi bilimlarni tushunamiz Qur'oni karim va hadisi sharif hikmatlari, xalq maqollari, afsona va rivoyatlari, qo'shiqlaridagi teran ma'noli fikrlar, buyuk allomalarimiz, dunyo faylasuflarining mumtoz asarlari shular jumlasidandir. Milliy g'oyamiz O'zbekiston tuprog'ida yashayotgan, uni o'z ona Vatani deb biladigan barcha millat va elatlarga birdek daxldordir. Savol va topshiriqlar: 1. Milliy g'oyaning ijodkori kim? 2. ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:22:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.78 MB
Ko'rishlar soni
184 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:21
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.78 MB
Ko'rishlar soni
184 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:21 ]
Arxiv ichida: pptx