Navro'z - eng qadimiy, asl milliy bayram 8-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 15-mavzu Aslida Navro'z siyosatga, mafkuraga, dinga aloqasi bo'lmagan tabiat bayrami hisoblanib, u kun bilan tunning o'zaro teng kelgan mahalini, yangi yil va bahorning boshlanishini nishonlash hisoblanadi. Bu hol bahorgi tengkunlik hisoblanib, kuzgi tengkunlik 21-sentabrga to'g'ri keladi. 21-martda aynan bir kecha-kunduzning roppa-rosa 12 soati yorug', 12 soati esa qorong'i bo'ladi. Mustaqillik yillarida esa Navro'z bayrami ilgari hech qachon ko'rilmagan ko'lam va shukuh-la madaniy hayotimizdan munosib joy oldi. Darhaqiqat, har qanday an'ana, urf-odat hamda rasm-rusumlar hayotiy zarurat tufayli paydo bo'ladi. Aksariyat an'analar mazmun-mohiyatida xalqni, elatni ezgulikka, insonparvarlikka, yaxshilikka chorlashdek o'lmas g'oyalar yotadi. «Navro'z» forscha so'z bo'lib, «yangi kun» degan ma'noni anglatadi. U dehqonlar uchun ekin-tikin ishlarining boshlanish pallasiga to'g'ri keladi. Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy bu kunni shunday ta'riflaydi: Bu misralardan «Visolga erishgach, ko'rdimki, mahbubamning bo'yi (kundek oq vujudi) bilan uzun sochi (tundek qora sochi) Navro'zdagi kecha bilan kunduzdek teng ekan», degan ma'noni anglaymiz. Vasl aro ko'rdum, teng emish bo'yi-yu sochi, Tun-kun teng ekan, zohir o'lur bo'ldi chu Navro'z. Bizning ajdodlarimiz amal qilgan shamsiy yil hisobi bo'yicha Hamal yilning birinchi oyi hisoblanadi. U aynan Navro'zdan - 21-martdan boshlanadi. Dehqonlar uchun esa Navro'z yilning o'ziga xos belgi - chegarasi, sarhadi hisoblanadi. Shu kundan boshlab dehqon yerga behavotir urug' qadashi, uning bexato o'sib chiqishidan ko'ngli xotirjam bo'lishi mumkin. Demak, Sharq xalqlari qariyb to'rt ming yildan beri nishonlab keladigan Navro'z tabiat va inson hayoti uyg'unligining, ular o'rtasidagi azaliy taqdirdoshlikning ham e'tirofi, tantanasidir, desak, xato qilmagan bo'lamiz. Navro'z do'stlik, ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:22:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.46 MB
Ko'rishlar soni
222 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:21
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.46 MB
Ko'rishlar soni
222 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:21 ]
Arxiv ichida: pptx