Qonun ustuvorligi 8-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 12-mavzu O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, yurtimizni yuksak taraqqiyotga erishtirishga qaratilgan islohotlarning besh tamoyili to'g'risida eshitgansiz, albatta. Hozirgi kunda butun dunyoda «taraqqiyotning o'zbek modeli» deb keng e'tirof etilayotgan bu tamoyillar qo'yidagilar: 1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi va mafkuradan xoliligi. 2. Davlatning bosh islohotchi ekani. 3. Qonunning ustuvorligi va barchaga barobarligi. 4. Kuchli ijtimoiy siyosat olib borish va aholining kam ta'minlangan qismini ijtimoiy muhofaza etish. 5. Islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish. Qaysi tuzum yoxud jamiyatda qonuniylik ustuvor bo'lgan bo'lsa, fuqarolar qonunga so'zsiz itoat etgan bo'lsa, o'sha jamiyat va davlat yuksak taraqqiyotga, tinchlik va farovonlikka erishgan. Har bir ishning, vazifaning o'z egasi - ijrochisi bo'lgan. Oqsoqollar kengashi tomonidan qabul qilingan qonun-qoidalarga eng yirik amaldorlardan tortib oddiy fuqarogacha - barchaning so'zsiz amal qilishi, bo'ysunishi talab etilgan. Qonuniylik oyoqosti qilingan, inson huquq va erkinliklari toptalgan, jamiyat boshqaruvi va xalq taqdiri o'z holiga tashlab qo'yilgan davlatlar na taraqqiyotga, na farovonlikka erishgan. Xalqning ahilligi va birdamligini saqlash, milliy manfaatlar yo'lida qat'iyat bilan turish, mas'uliyat va hushyorlik esa qonuniylik asosida vujudga keladi. Bulardan ko'rinadiki, qonuniylik har qanday jamiyat taraqqiyotining, farovonligi va xavfsizligining muhim sharti, kafolati hisoblanadi. Huquqiy madaniyat - bu insonlarning davlat va huquq haqidagi muhim bilimlarni egallab olish darajasi, kishining qonunlarni bilish va ular asosida yashash borasida orttirgan tajribasi, umumiy huquqiy saviyasidir. Jamiyatda huquqiy madaniyat qaror topishi quyidagi omillarga chambarchas bog'liq: 1. Davlat tomonidan xalq manfaatlarini ifodalovchi huquqiy siyosatning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi. 2. Mamlakatda yuridik - huquqshunoslik fanlarining rivojlangan bo'lishi. 3. ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:22:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.75 MB
Ko'rishlar soni
190 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:21
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.75 MB
Ko'rishlar soni
190 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:21 ]
Arxiv ichida: pptx