Vatan ravnaqi 8-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 4-mavzu Vatan - insonning kindik qoni to'kilgan tuproq, uni kamol toptiradigan tabarruk maskan ekanini siz «Vatan tuyg'usi» fanidan yaxshi bilasiz. Vatan - insonning g'ururi ramzi. Har kim ona Vatani timsolida dunyodagi eng go'zal va betakror yurtni, o'zining, xalqining baxtini ko'radi. Ona yurt tabiati, havosi, odamlari bolaligimizdan boshlab biz uchun aziz va qadrdon bo'lib qoladi. Vatan ozod bo'lsa, xalq ham ozod, Vatan ravnaq topsa, xalq ham farovon yashaydi. Shuning uchun ham milliy g'oyamizning tub negizini belgilaydigan tushunchalardan biri Vatan ravnaqidir. Vatan ravnaqi deganda, hayotning barcha sohalari bo'yicha rivojlanish va yuksalishni, mamlakatimizning jahondagi obro'-e'tibori yanada ortishini, milliy taraqqiyotni tushunamiz. «Vatan ravnaqi, avvalo, uning farzandlariga, ularning ma'naviy va jismoniy kamolotiga bevosita bog'liq. Bu o'z navbatida har bir yurtdoshimizni zimmasidagi yuksak fuqarolik mas'uliyatini his etishga, o'z manfaatlarini shu yurt, shu xalq manfaatlari bilan uyg'unlashtirib yashashga da'vat etadi. Vatan ravnaqi uning farzandlariga bog'liq bo'lgani bois mamlakatimizda sizdek yoshlarning sog'lom va barkamol bo'lib voyaga yetishiga katta ahamiyat berilmoqda. Mustaqillik yillarida yaratilgan imkoniyatlar tufayli minglab iste'dodli yoshlarimiz o'qishda, ilm-fan, san'at va sport sohalarida katta yutuqlarga erishmoqda. Siz ham ular kabi bo'lishga intilib yashayapsiz. Bularning barchasi ona Vatanimiz - O'zbekistonimizning rivojlanishiga, uning jahondagi obro'-e'tibori oshishiga hissa qo'shadi. Bizning yoshlarimiz orasidan ham ana shunday vatanparvar yigit-qizlar ko'plab yetishib chiqmoqda. Shoirlarimiz Vatanni inson hayotining ma'no-mazmunini belgilab beradigan eng aziz qadriyatlardan biri sifatida bejiz tarannum etishmaydi. «Vatan tarkini bir nafas aylama, Yana ranji g'urbat havas aylama», Masalan, buyuk mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiy ona yurtdan chetda baxt yo'qligini nazarda tutib, ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:22:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.31 MB
Ko'rishlar soni
187 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:21
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.31 MB
Ko'rishlar soni
187 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:21 ]
Arxiv ichida: pptx