8-sinf MIG' Xalq farovonligi

8-sinf MIG' Xalq farovonligi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf MIG' Xalq farovonligi - rasmi

Material tavsifi

Xalq farovonligi 8-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 5-mavzu Yurt tinchligisiz Vatan ravnaqi bo'lmaydi. Xalq farovonligiga esa yurt tinchligi va Vatan ravnaqi ta'minlangandagina erishish mumkin. Xalq - millati, tili va dinidan qat'i nazar, mamlakat hududida yashayotgan barcha insonlardan iborat. Xalq farovonligi g'oyasi ushbu mamlakat hududida amalga oshirilayotgan barcha ishlar, yurt tinchligi va Vatan ravnaqiga erishish yo'lidagi sa'y-harakatlar pirovard natijada odamlarning yashash sharoitini yaxshilashga qaratilganini anglatadi. Xalq farovonligi deb, odamlarning munosib turmush sharoiti, iqtisodiy jihatdan o'ziga to'q bo'lib yashashi, eng zarur moddiy ehtiyojlarning to'liq qondirilishini ta'minlaydigan ijtimoiy hayot darajasiga aytiladi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning aynan shu maqsadga qaratilishida Prezidentimiz tomonidan mustaqillikning dastlabki yillarida ilgari surilgan. «Islohot - islohot uchun emas, avvalo inson uchun» degan qoida, taraqqiyotning o'zbek modeliga asos bo'lgan mashhur besh tamoyil muhim ahamiyat kasb etmoqda. «Taraqqiyotning o'zbek modeli» deganda, O'zbekistonnig mustaqil rivojlanish yo'lini tushunamiz. Odamlarning dunyoqarashi, hayotga, mehnatga, yerga munosabatining tubdan o'zgarishi xalq farovonligini ta'minlashda beqiyos rol o'ynaydi. Chunki farovon turmushga intilish insondagi tadbirkorlik va tashabbuskorlik tuyg'usini, har bir yurtdoshimizning o'z hayotini o'z kuchi bilan barpo etishga qaratilgan harakatlarini yanada kuchaytiradi. Shuning uchun ota-bobolarimiz imkon qadar ko'proq kasb-hunarlarni egallashga harakat qilishgan, farzandlarini ham shunga da'vat etishgan. O'zbekistonning yerosti, yerusti boyliklari ko'p, mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati ulkan, xalqimiz mehnatkash va bunyodkordir. Xalqning farovonligi - davlatning qudratidan, uning yuksak taraqqiyot darajasidan dalolat. Faqat rivojlangan, taraqqiy topgan davlatgina xalqining farovonligi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib bera oladi. Savol va topshiriqlar: 1. Xalq farovonligiga qanday sharoitda erishish mumkin? 2. Xalq farovonligi g'oyasi dåb nimaga aytiladi? 3. «Islohot - islohot uchun emas, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.93 MB
Ko'rishlar soni 192 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:21 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.93 MB
Ko'rishlar soni 192 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga