Name of presentation 8-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 15-mavzu Xotira - ulug' qadriyat Odamzotni boshqa jonzotlardan ajratib turadigan muhim jihatlardan biri uning xotiraga ega ekani hamdir. O'z ajdodlarini - yetti pushtini, oilasi, mahallasi, shahri yoki qishlog'i o'tmishini, Vatani tarixini bilmaydigan odamni ildizidan ajralgan daraxtga qiyoslash mumkin. Xotira - millat tarixini, uning qadriyatlarini, madaniyati va ma'naviyatini, bir so'z bilan aytganda, millatning o'zligini mujassam etadigan buyuk qadriyat. O'zbek xalqi ming yillardan beri e'tiqod qilib kelgan islom dini o'rniga ateizm - xudosizlik g'oyasi xalqning barcha qatlamlari orasida tinimsiz targ'ib etildi. O'zbek xalqini butun tarixi davomida yorug' kun ko'rmagan, faqat jaholatda yashagan xalq sifatida ko'rsatish, shu orqali sho'ro hukumatiga hurmat uyg'otish sovet mafkurasining bosh maqsadi sanalardi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 199-yil 12-maydagi farmoyishiga binoan, yurtimizda 9-may Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlanadigan bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Vatan va xalq ozodligi yo'lida qurbon bo'lgan fidoiylar xotirasini abadiylashtirish to'g'risida»gi qarori e'lon qilindi. Endilikda o'tgan ajdodlarimizni xotirlash va mo'tabar zamondoshlarimiz hurmatini joyiga qo'yishda Xotira va qadrlash kunining nishonlanishi katta ahamiyat kasb etmoqda. «Ular haqidagi ma'lumotlar jamlangan 35 jilddan iborat «Xotira» kitobi chop etilgani, aytish mumkinki, mamlakatimiz tarixida ibratli ma'naviy voqea bo'ldi». So'nggi yillarda bu joy yanada obodonlashtirilib, muzeyning qo'shimcha binosi qurilishi barobarida uning zallari tarixiy xotiramiznicboyitishga xizmat qiladigan hujjatlar, ashyolar, eksponatlar bilan jihozlandi. Bugungi kunda mamlakatimizning bosh maydoni - Mustaqillik maydoni Prezidentimiz rahnamoligida tanib bo'lmas qiyofa kasb etdi. Maydonning shimol tomonida joylashgan, o'zbekona nAQSHinkor ayvonlar bilan o'ralgan Xotira maydoni doimiy sukunat og'ushida. Maydon to'rida jigargo'shasini kutib, uning xotirasi qarshisida bosh egib o'tirgan ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:22:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.67 MB
Ko'rishlar soni
364 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:21
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.67 MB
Ko'rishlar soni
364 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:21 ]
Arxiv ichida: pptx