Name of presentation Yurt tinchligi 8-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 3-mavzu E'tibor bergan bo'lsangiz, milliy g'oyamiz tarkibida yurt tinchligi masalasi birinchi o'rinda turibdi. Agar tinchlik bo'lsa, hamma erkin nafas oladi, oila qurish, farzand o'stirish, to'y-u tomoshalar qilish, bir so'z bilan aytganda, nimaiki ezgu niyat bo'lsa, ularning barchasini amalga oshirish imkoniyati paydo bo'ladi. Biz o'z oldimizga buyuk maqsad - yurtimizda huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish vazifasini qo'ygan ekanmiz, uni amalga oshirish uchun, albatta, ko'p ezgu ishlarni amalga oshirishimiz kerak. Tinchlik bo'lmagan joyda fayz-u baraka ham, rivojlanish ham bo'lmaydi. «Bir kun janjal chiqqan joydan qirq kun fayz-u Baraka ko'tariladi» degan maqol bejiz aytilmagan. Shuning uchun ham tinchlik eng ulug' ne'mat, bebaho boylik sifatida milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an'analarimiz, butun turmush tarzimizning ma'no-mazmuniga singib ketgan. Bugungi kunda dunyodagi ma'rifatli xalqlar yurt tinchligi taraqqiyotning asosiy sharti, garovi ekanini yaxshi anglab yetmoqda. Siz jahonning turli burchaklarida terrorchilik, ekstremizm, millatchilik kabi illatlar tufayli deyarli har kuni transport vositalari, uy-joylar, binolarni portlatish, begunoh insonlarni garovga olish holatlarini telivizorda ko'rib borasiz. Keyingi besh ming yil mobaynida bashariyat o'n besh mingdan ziyod katta-kichik urushlarni boshdan kechirdi. Siz urushning dahshatli manzaralari, uning insonlar, xalqlar hayotiga haloqatli ta'siri aks ettirilgan tarixiy va badiiy kitoblarni o'qigan, kinofilmlarni tomosha qilgan bo'lsangiz kerak. Buyuk ajdodlarimiz tinchlik-totuvlikni Vatan ravnaqi, xalq farovonligining asosiy sharti deb bilganlar. Shuning uchun ham ular yurt tinchligi, fuqarolar osoyishtaligini ta'minlash masalasiga alohida e'tibor berganlar. Sohibqiron Amir Temurning nabirasi Mirzo Ulug'bek Movarounnahrda hukmronlik qilgan qirq yil mobaynida Mamlakatda tinchlik-barqarorlik ustuvor bo'lgani sababli ilm-fan, madaniyat taraqqiy ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:22:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3 MB
Ko'rishlar soni
209 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:21
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3 MB
Ko'rishlar soni
209 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:21 ]
Arxiv ichida: pptx