9-sinf MIG' Dunyoning mafkuraviy manzarasi

9-sinf MIG' Dunyoning mafkuraviy manzarasi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
9-sinf MIG' Dunyoning mafkuraviy manzarasi - rasmi

Material tavsifi

Name of presentation Dunyoning mafkuraviy manzarasi 9-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 3-mavzu Siz xaritaga qarab, dunyoning, yer yuzidagi turli davlatlar, mintaqalarning jug'rofiy manzarasini ko'rasiz. Davlatlar, xalqlar, turli siyosiy oqim va kuchlarning o'z manfaatlarini amalga oshirish borasidagi g'oyaviy maqsadlari, kurash vositalari o'zgarishi bilan dunyoning mafkuraviy manzarasi ham o'zgarib boradi. Har qanday davrda ham inson qalbi va ongiga ta'sir o'tkazib, bu yo'lda barcha vositalarni ishga solish dunyoning mafkuraviy manzarasida asosiy o'rin tutib keladi. XXI asrda jahonda global, ya'ni butun yer yuzini qamrab olgan axborot tizimi vujudga keldi. Internet ana shunday global axborot tizimidir. Insonning qalbi va ongi uchun kurash bizning davrimizda tobora avj olib borayotgani, hozirgi dunyoning mafkuraviy manzarasi ham shu bilan belgilanishini tushunamiz. Hozirgi vaqtda insonning qalbi va ongini buzish, chalg'itishga qaratilgan zararli ta'sirlar bir qancha g'arazli maqsadlarda amalga oshirilishi mumkin. Shulardan eng xatarlisi xalq yoki millat yashayotgan mamlakat hududini, u yerdagi moddiy va ma'naviy boyliklarni egallab olish niyatida qilinadigan mafkuraviy- g'oyaviy hujumlardir. Ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, Internet, teleradio tarmoqlari, ekstremistik ruhdagi kitoblar, plakat va risolalar orqali tarqatilishi mumkin. Agar jahondagi o'zaro kelishmovchilik va mojarolar domida qolib ketgan ayrim mamlakatlardagi achinarli ahvolni ko'z oldimizga keltiradigan bo'lsak, chåtdan mafkuraviy tazyiq o'tkazishlar qanday noxush oqibatlarga olib kelishini yanada yaqqol tasavvur etishimiz mumkin. «Terror» lotincha so'z bo'lib, qo'rquv, dahshat degan ma'nolarni bildiradi. Terrorizm odamlarni qo'rqitish, vahimaga solish, ommaviy tartibsizliklar keltirib chiqarishga asoslangan zo'ravonlik usulidir. Insonlarni qo'rqitish, aldash, soxta va'dalar berish orqali ularning qalbini egallashga urinadigan yana bir jiddiy xatar ekstremizmdir. «Ekstremizm» lotincha so'z bo'lib, siyosatda ashaddiy, murosasiz qarash va ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.58 MB
Ko'rishlar soni 191 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:26 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.58 MB
Ko'rishlar soni 191 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga