9-sinf MIG' Eng ulug' maqsad

9-sinf MIG' Eng ulug' maqsad

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
9-sinf MIG' Eng ulug' maqsad - rasmi

Material tavsifi

Eng ulug' maqsad 9-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 1-mavzu Mustaqillik bayrami shodiyonalari Milliy g'oyamizning negizida ham eng buyuk maqsad, bosh tamoyil bo'lib, avvalo, mustaqillik, uni ko'z qorachig'idek asrash masalasi turadi. Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, ko'ramizki, dunyodagi nene ulug' va fidoiy insonlar butun umrini Vatan ravnaqiga bag'ishlagan. Xalqimiz ezgu an'analar, urf-odatlar, bunyodkor g'oyalarni asrlardan asrlarga olib o'tib, farzandlari qalbiga singdiradi. Mustaqillik g'oyasi ham ana shunday hech qachon zavol bilmaydigan g'oyalardandir. Ayniqsa, insonni o'ziga tez jalb etadigan zamonaviy axborot vositalari faoliyati kuchaygan bugungi kunda bunday xavf-xatarlar turli shakllarda yashin tezligida ko'payib bormoqda. Tajovuzkor g'oya va mafkuralar ana shu vositalardan foydalanib, zaif, mo'rt odamlarni tuzoqqa tushirishga harakat qiladi. Tajovuzkorlik - buzg'unchilik va vayronkorlikning asosi. Shuning uchun dunyodagi aksariyat vayronkor kuchlar tajovuzkor g'oya va mafkuralarga tayanadi. XX asrning 30-yillarida Germaniyada hukmronlik qilgan fashizm, o'tgan yuzyillikda sobiq SSR hududida ildiz otgan sho'ro tuzumining kirdikorlari bunga misol bo'la oladi. Bunyodkor g'oya va mafkuraga ega bo'lgan xalq hech qachon tajovuzkor kuchlar ta'siriga tushmaydi. Chunki uning qalbi va ongi ona yurtga muhabbat, Vatanga sadoqat, mardlik, fidoiylik hislariga, o'z kuchiga nisbatan ishonchga to'la bo'ladi. Biz mustaqillikka erishganimizdan so'ng yurtimizning yerosti va yerusti boyliklari bilan birga, xalqimizning ma'naviy dunyosi, qalbi va ongini asrash, boyitish masalasi ham eng muhim vazifaga aylandi. G'oya va ma'naviyat, ijtimoiy hayotdagi o'rni va vazifasi, tarbiyaviy ahamiyatiga ko'ra, bir-biriga g'oyat yaqin. G'oya ham, ma'naviyat ham insonning qalbi va ongidagi o'zgarishlarni jamiyat hayotidagi voqealar bilan bog'liq holda o'rganishni talab qiladi. Savol va topshiriqlar: 1. Biz nima uchun istiqlolni eng buyuk ne'mat sifatida qadrlaymiz? ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.4 MB
Ko'rishlar soni 172 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:26 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.4 MB
Ko'rishlar soni 172 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga