G'oyaviy bo'shliq 9-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 5-mavzu Insonning ongi, his-tuyg'ulari bir umr yangilikka intiladi. Ana shu tabiiy ehtiyojlari qondirilmasdan, uning qalbi yoki ongida bo'shliqqa yo'l qo'yilsa, avvalo, odamning o'zi ana shu bo'shliqni nima bilandir to'ldirishni istaydi. Bu masalaning yana bir tomoni shundaki, odamning o'zi ma'- naviy ehtiyojlarini qondirishga qodir bo'lmagan paytda boshqalar unga yo'l ko'rsatishga harakat qiladi. Bu dunyoda yaxshi insonlar bilan birga yomon odamlar ham bor. Ularning nafaqat xatti-harakat va qilmishlari, balki niyati ham qoradir. Ular g'arazli maqsadlarini boshqalarga singdirib, ezgulikni so'ndirishga, yaxshilikning yo'lini to'sib yashashga intiladi. Tajovuzkor g'oyalar, zararli ta'sirlar, avvalo, ana shunday odamlarning qalbini, ongini egallashga harakat qiladi. Jamiyatda, inson qalbi va ongida aniq maqsad va g'oyaga ishonch, intilishning yo'qligi, tushkunlik, umidsizlik, irodasizlik, loqaydlikning kuchayishi natijasida paydo bo'ladigan ruhiy holat g'oyaviy bo'shliq deyiladi. Sizdek yosh avlod vakillarining qalbi va ongida hech qachon bo'shliq bo'lmasligi lozim. Siz hozirgi shiddatli kurashlar zamonida boshqalardan sira ham ortda qolmasligingiz kerak. Siz Alpomishdek, Jaloliddin Mangubårdi, Pahlavon Mahmud va Amir Temurdek kuragi yerga tegmagan, mardligi va jasurligi bilan dunyoni qoyil qoldirgan buyuk zotlarning avlodisiz. Alpomish Hozirgi vaqtda mamlakatimizda yosh avlod tarbiyasiga, ularning ham jismoniy, ham ma'naviy-intellektual jihatdan kuchli va baquvvat, hech kimga bo'sh kelmaydigan bo'lib voyaga yetishiga katta e'tibor berilmoqda. Siz o'quvchi va talaba yoshlar o'rtasida ko'plab sport musobaqalari, ko'rik-tanlov va festivallar o'tkazilayotgani, aka va opalaringiz, tengdoshlaringiz orasidan fan olimpiadalari g'oliblari, Osiyo, jahon chempionlari, Zulfiya nomidagi va «Nihol» davlat mukofotlari sohiblari yetishib chiqayotganidan xabardorsiz. Maqsad - ishonch manbayi. Ishonch esa insonning hayotiga ma'no-mazmun bahsh etadigan, qalbini orzu-umidlarga ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:22:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.6 MB
Ko'rishlar soni
331 marta
Ko'chirishlar soni
31 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:26
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.6 MB
Ko'rishlar soni
331 marta
Ko'chirishlar soni
31 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:26 ]
Arxiv ichida: pptx