9-sinf MIG' Ma'naviy jasorat

9-sinf MIG' Ma'naviy jasorat

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
9-sinf MIG' Ma'naviy jasorat - rasmi

Material tavsifi

9-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 16-mavzu Ma'naviy jasorat Siz ko'pgina kitoblar, badiiy va hujjatli kino asarlarida o'z hayotini xavf ostiga qo'yib, yonayotgan uydan chaqaloqni olib chiqqan, suvga cho'kayotgan odamni qutqargan, dushman o'qiga tik borib, quroldoshlarini o'limdan asrab qolgan, chegarani yovlardan himoya qilishda o'zini fido etgan insonlar jasoratiga guvoh bo'lgansiz Darhaqiqat, bunday mardlik, jasurlik hammaning ham qo'lidan kelavermaydi. Prezidentimiz o'zining «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» kitobining «Eng buyuk jasorat» deya sarlavha qo'yilgan so'nggi qismida yuqorida sanalgan holatlarda ko'rsatilgan qahramonlik namunalarini bunday e'tirof etadi: «Ko'pchilik qatorida, faqat vaziyat taqozo etgan taqdirda maydonga otilib chiqish, qahramonlik ko'rsatish - albatta, bu ham oson emas. Buning uchun ham insonda katta yurak, g'ayrat-shijoat, eng muhimi, o'ziga, o'zining kuch-qudratiga mustahkam ishonch bo'lishi kerak». Favqulodda vaziyatlar, kutilmagan hodisalar kundalik hayotda kamdan kam ro'y beradi. Demak, bunday qahramonliklar har kuni emas, balki onda-sonda sodir bo'ladi. Guvohi bo'layotganingizdek, Prezidentimiz faqat favqulodda hodisalar paytida, onda-sonda sodir etiladigan harakatlarni emas, balki butun faoliyatining maqsad-muddaosiga aylanib ketgan fidoiylikni kundalik hayotiy mezon deb biladigan insonlar sa'y-harakatini chinakam qahramonlik, haqiqiy jasorat deb nomlaydi. Qahramonlik, yuqorida aytganimizdek, doim ham odamlar ko'ziga tushavermaydi, atrofdagilarga sezilmasligi ham mumkin. Biroq mana shu fidoiylik bo'lmasa, uni birovga ko'zko' z qilmasdan, o'z hayotida muntazam amalga tatbiq etadiganb kishilar bo'lmasa, na jamiyat, na davlat, na insoniyat rivojlanadi, ravnaq topadi. XX asr boshlarida xalqimiz maorifi va madaniyatini yuksaltirish, iqtisodiy hamda siyosiy hayotini bosqinchilar izmidan ozod qilish yo'lida bemisl fidoiylik ko'rsatgan Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Fitrat, Xoji Muin, Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Nihoniy singari ijodkorlarning ibratli faoliyati bilan tanishgansiz. Cho'lpon ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.71 MB
Ko'rishlar soni 240 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:26 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.71 MB
Ko'rishlar soni 240 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga