Name of presentation 9-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 10-mavzu Ma'naviyat qo'rg'oni Insonning shakllanishi, hayotda o'z o'rnini topishi, el-yurt hurmatiga sazovor bo'lishida u voyaga yetadigan oila muhiti hal qiluvchi rol o'ynaydi. Chunki oila shunday makonki, unda hayotning davomiyligini ta'minlovchi shaxs shakllanadi, milliy madaniyat, urf-odatlar, axloqiy qadriyatlar saqlanadi va rivojlantiriladi. Har bir oila ahil va totuv bo'lsa, demakki, jamiyatda ham tinchlik va hamjihatlikka erishiladi, yurtda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Oilada inson tarbiyasiga asos solinadi. U bolada shakllanishi lozim bo'lgan barcha insoniy jihat va fazilatlarni tarbiyalovchi hayot maktabi hisoblanadi. Biz Yurtboshimiz asaridagi «oiladagi ma'naviy iqlim» degan iboraga alohida diqqatingizni tortmoqchimiz. Farzand - oilaning orzu-umidi, yer-xotin o'rtasidagi mehr rishtalarini qattiqroq bog'lovchi yangi nasl. Oilaviy hayotning mazmuni, uning achchiq yoxud shirin bo'lishi farzandlarga ham bog'liq. Yurtboshimiz 2014-yilni «Sog'lom bola yili» deb e'lon qilar ekan, onalarimizga e'tibor har narsadan muhim ekanini quyidagi so'zlar bilan ifodaladi: «Sog'lom bolaning tug'ilishi, birinchi navbatda, onaning sog'lig'iga bog'liq. Bo'lg'usi ona ilohiy ne'mat bo'lmish dilbandini to'qqiz oy mobaynida o'z bag'rida asrab-avaylab, yorug' dunyoga keltiradi. Ota-onadagi yaxshi xususiyatlargina emas, yomon xususiyatlar ham irsiy yo'l bilan bolaga o'tishini inobatga olsak, bu holatlar naqadar ayanchli oqibatlarni kåltirib chiqarishi ravshan bo'ladi. O'zbek oilalarida farzand ko'rish bilan bog'liq qator marosimlar, rasm-rusumlar mavjud bo'lib, ularning har biri yaxshi niyatlar bilan ado etiladi. Ona allasidan bebahra qolgan bola qalbida ota-onaga, Vatanga nisbatan mehr-muhabbat hissi shakllanishi qiyin. Ota-onaning bir-biriga nisbatan yuksak axloqiy munosabatini ko'rgan, bilgan bola kelgusida oila qurganida ham o'z turmush o'rtog'i bilan shunday yashashni orzu qiladi. Xonadonlarimizning qut-barakasi ko'p narsaga bog'liq. Jumladan, ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:22:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.7 MB
Ko'rishlar soni
200 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:26
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.7 MB
Ko'rishlar soni
200 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:26 ]
Arxiv ichida: pptx