9-sinf MIG' Mafkuraviy immunitet

9-sinf MIG' Mafkuraviy immunitet

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
9-sinf MIG' Mafkuraviy immunitet - rasmi

Material tavsifi

Mafkuraviy immunitet 9-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 6-mavzu Insonning qalbi va ongini egallashga qaratilgan zararli ta'sirlar turli xil jozibali shior va g'oyalar bilan niqoblangani uchun bir qarashda ularning qanchalik xavfli ekanini sezish oson emas. Masalan, oddiy o'yinchoq, multfilm yoki kompyuter o'yinlari vositasida bolalar shafqatsizlikka, insonga mehr emas, nafrat bilan qarashga o'rgatilishi mumkin. Ma'lumki, qalb va ong inson hayotining ma'no-mazmunini belgilaydi, sezgilar, fikr va axborotlar orqali uning butun vujudini boshqarib turadi. Bu dunyoda eng kuchli muhabbat - ota-onaga, oilaga, Vatanga bo'lgan muhabbatdir. Eng mustahkam e'tiqod - ona yurtga bo'lgan e'tiqoddir. Insonning dunyoqarashi qalb va ongdagi fikr va såzgilar asosida shakllanadi. Ong-u tafakkur insonning fikrlash, o'ylash, tahlil etish va xulosalar chiqarish qobiliyatini bildiradi. O'z oilasi, Vatani va xalqining baxtini o'ylab, butun insoniyatga ezgulik tilab yashashga asoslangan dunyoqarash eng kuchli dunyoqarashdir. Yoshlarning qalbi va tafakkurida shakllanish jarayoni kechayotgani uchun ularda hali qat'iy e'tiqod va dunyoqarash mustahkamlanib ulgurmagan bo'ladi. Vatanimiz ham, xuddi ota-onamiz kabi, faqat bizning baxtimizni o'ylaydi. Bizni bugungi dunyoda tobora keng yoyilib borayotgan salbiy ta'sirlardan asrashga harakat qiladi. Milliy g'oyamizning asosiy tushuncha va tamoyillari aynan shu maqsadda ishlab chiqilgan. Yomonlikka qarshi nafrat, yaxshilikka nisbatan muhabbat va xayrixohlik, kindik qoni tomgan qadrdon zaminga fidoiylik - ma'naviy immunitetning asosiy belgilaridir. Ogohlik - dunyodan, yon-atrofda bo'layotgan o'zgarishlardan, odamlar va xalqlarning orzu-intilishlaridan doimiy boxabar bo'lib yashashdir. Xususan, buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy ogoh odam shoh kabi katta imkoniyatlarga ega ekani, ya'ni u dunyoda nimalar sodir bo'lishini oldindan ko'rib turishini ta'kidlab, bunday degan: Alisher Navoiy Erursen shoh - agar ogohsen sen, Agar ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.16 MB
Ko'rishlar soni 198 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:26 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.16 MB
Ko'rishlar soni 198 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga