Mafkuraviy poligon Subtitle here 9-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 4-mavzu «Mafkuraviy poligon» tushunchasi ham jahonda axborot, mafkura sohasida kurashlar avj olishi bilan bog'liq holda vujudga keldi. Ular Internet tarmog'i, teleradiokanallar, kitoblar, kinofilm va teleseriallar shaklida, millati, tili, dini, qaysi mamlakatda yashashidan qat'i nazar, har bir insonning qalbiga kirib borib, ma'naviy dunyosini xarob qiladi. Mafkuraviy qurollar esa chegara bilmaydi. Ma'naviy olamidan judo bo'lgan inson esa na o'zini, na boshqalarni taniydi, hissiz, yuraksiz, ong-u tafakkurini yo'qotgan maxluqqa aylanadi. Chunki ularning ta'siri turli axborot vositalari orqali har kuni, har daqiqada sezilib turadi. Jahondagi mafkuraviy markazlar turli davlatlar, siyosiy doiralarning manfaatlarini himoya qiladi. Afsuski, terrorchilik, diniy ekstremizm va aqidaparastlikni g'oyaviy jihatdan oziqlantirish, bexayolik, vahshiylik va zo'ravonlikni targ'ib etishga xizmat qiladigan mafkuraviy poligonlar ham yo'q emas. Masalan, «diniy adabiyot» niqobi ostida xorijdan olib kelinadigan, aslida musulmonchilikning mohiyatini buzib ko'rsatadigan ayrim kitoblarda dinga siyosiy tus beriladi, islom dini haqida noto'g'ri ma'lumotlar bayon qilinadi. Buning natijasida bilim va tajribasi yetarli bo'lmagan yoshlar soxta g'oyalar, g'arazli targ'ibotlarga ishonib, noto'g'ri yo'lga kirib ketishi mumkin. Diniy ekstremizm deganda, dinni niqob qilib olib, zo'ravonlik asosida konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qiladigan, uni o'zgartirishga urinadigan jinoiy xatti-harakatlar tushuniladi. Diniy ekstremizm doimo terrorchilik va aqidaparastlik bilan yonma-yon yuradi. Bugungi kunda erkin va farovon hayot asosini yaratib, yanada yuksak marralar sari intilayotgan ilg'or mamlakatlar milliy g'oyasini umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tamoyillar negizida rivojlantirmoqda. Taraqqiyot sari intilayotgan xalqlarning ilg'or va bunyodkor mafkurasi, ikkinchisi esa ana shu taraqqiyot natijalaridan foydalanib, ularning yo'liga g'ov bo'lishga urinayotgan zararli va vayronkor mafkuralardir. Lekin, bugungi dunyoning mafkuraviy ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:22:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.04 MB
Ko'rishlar soni
368 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:26
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.04 MB
Ko'rishlar soni
368 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:26 ]
Arxiv ichida: pptx