Name of presentation Subtitle here Milliy g'oya va taraqqiyot 9-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 2-mavzu Shuni esda tutingki, dunyodagi har bir xalqning milliy g'oyasi, avvalo, uning taraqqiyotiga, shu yo'lda butun jamiyat a'zolarini birlashtirish, ularning kuch va imkoniyatlarini ezgu maqsadlarga erishish yo'lida safarbar etishga xizmat qiladi. Bizning milliy g'oyamizda yurtimizda huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish, bu jarayonda xalqimizning faol ishtirok etishini ta'minlash, uning turmush farovonligini, Vatanimizning dunyo miqyosidagi obro'-e'tiborini oshirish bosh maqsadlardan hisoblanadi. Milliy g'oyamiz tarkibidagi asosiy tushunchalardan biri Vatan ravnaqi deb nomlanadi. Qancha avlodlar milliy g'oya uchun kurashib yashagani tufayli u ko'pincha milliy o'zlik, g'urur-iftixor timsoliga aylanib ketadi. Bu so'zlarning har tomonlama to'g'ri ekanini keyingi yillardagi voqealar yana bir bor isbotladi. Masalan, 2011-yilning 11-mart kuni Yaponiyaning Toxoku hududi yaqinida, Tinch okeanida kuchli zilzila ro'y berdi. Buning oqibatida okeanning suvi 10 metrgacha ko'tarilib, shiddatli to'fon - sunami hodisasi sodir bo'ldi va qirg'oqqa yaqin joylashgan aholi maskanlarini butunlay vayron qilib ketdi. Bizning xalqimiz ham, olis va yaqin tarixi davomida qanchalar og'ir qiyinchilik va mashaqqatlarni boshidan o'tkazgan. Birgina o'tgan asrning 80-yillarida xalqimizga qarshi amalga oshirilgan, «paxta ishi» degan g'irt tuhmat va fitnadan iborat qatag'onlarni olaylik. Sobiq SSRning markazidan kelgan, maqsadi el-yurtimizni kamsitib, uning g'ururi, or-nomusini oyoqosti qilish, boyliklarini talash bo'lgan tergovchilar guruhi bir necha yil mobaynida begunoh odamlarni qamash, ularning oila a'zolarini qiynoqqa solish bilan shug'ullanadi. Gdlyan va Ivanov boshchiligidagi ana shu tergovchilar kechalari paxta yetishtirishga aloqasi bo'lgan har qanday oddiy odamning uyiga bostirib borib, ularni qamoqqa olgan, xotinlari, bolachaqalarini ularning ko'z oldida qiynab, o'zlari to'qigan ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:22:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.06 MB
Ko'rishlar soni
235 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:26
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.06 MB
Ko'rishlar soni
235 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:26 ]
Arxiv ichida: pptx