Name of presentation 9-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 11-mavzu Milliy qadriyatlar maskani Prezidentimizning «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» asarida mahallaga nisbatan «xalqimizga xos o'zini o'zi boshqarish tizimining noyob usuli» degan ta'rif ishlatiladi. Bu so'zlar shuni anglatadiki, mahalla tizimi aynan bizning xalqimiz turmush tarzi bilan chambarchas bog'liq ijtimoiy hodisa bo'lib, boshqa deyarli biror mamlakatda uning o'xshashini topib bo'lmaydi. Ya'ni, mahallaning «andozasi» ham, «standarti» ham faqat O'zbekiston diyorida mavjud bo'lib, mustaqillik tufayli butun dunyo mazkur tizimga katta qiziqish bilan qaramoqda. Mahalla idorasining qiladigan asosiy ishi odamlarga shu hududda yashashini tasdiqlaydigan bir parcha ma'lumotnoma berishga o'xshash arzimas yumushlar hisoblanardi. Mustaqillik yillarida mahallaning bu azaliy xususiyatlari qatoriga ko'plab yangi va mas'uliyatli vazifalar qo'shildi. Mahallaning huquq va vakolatlari doirasi sezilarli darajada kengaytirildi. U o'zini o'zi boshqarishning g'oyat xalqona, tabiiy tizimi sifatida jamiyat hayotini tashkil etishda tobora faol ishtirok etmoqda. «Davlatchiligimiz tarixida birinchi marta «mahalla» tushunchasi Konstitutsiyamizga kiritilib, uning jamiyat boshqaruvidagi o'rni va maqomi qat'iy belgilab qo'yildi». O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasida: «Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig'inlari o'zini o'zi boshqarish organlari bo'lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 12-sentabrdagi farmoniga ko'ra, yurtimizda «Mahalla» xayriya jamg'armasi tashkil etildi. O'z faoliyatini mana shunday qonuniy negizda olib borayotgan bugungi mahalla fuqarolar yig'inlari joylashgan shinam binolarga, ular atrofida bunyod etilgan so'lim go'shalarga, militsiya tayanch punktlari, bolalar sport maydonchalariga bir nazar tashlang. Bugun mahalla-ko'yda o'tkaziladigan barcha katta-kichik tadbirlar mahalla oqsoqollari, maslahatchilar bilan bahamjihat, o'zaro ko'mak asosida tashkil qilinadi. Mahalla hududini ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:22:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.3 MB
Ko'rishlar soni
183 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:26
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.3 MB
Ko'rishlar soni
183 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:26 ]
Arxiv ichida: pptx