9-sinf MIG' Milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg'unligi

9-sinf MIG' Milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg'unligi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
9-sinf MIG' Milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg'unligi - rasmi

Material tavsifi

Milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg'unligi 9-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 8-mavzu «Milliy» degan so'z faqat bir millatga emas, balki bir mamlakatga mansublikni ham bildiradi. Shuning uchun ham ana shu yagona xalqning milliy qadriyatlari, umumbashariy qadriyatlar bilan uyg'unlashgan holda, bizning g'oyamizni yanada boyitib boradi. Dunyoda o'ziga xos qadriyatlari bo'lmagan xalq yo'q. Milliy qadriyatlar ular mansub bo'lgan xalqning tarixi, yashash tarzi, tili, urf-odatlari, ma'naviyati hamda madaniyati bilan uzviy bog'liq holda namoyon bo'ladi. Bizning milliy g'oyamiz milliy an'ana va qadriyatlarimizni o'zida aks ettiradi, ularni boyitish va rivojlantirishga xizmat qiladi. Yer yuzidagi barcha xalqlar uchun qadrli bo'lgan, insoniyatning umumiy manfaatlariga mos keladigan moddiy va madaniy hodisalar, an'ana va tamoyillar umumbashariy qadriyatlar sirasiga kiradi. Bizning milliy g'oyamiz quyidagi umumbashariy qadriyatlarni e'tirof etadi va ulardan oziqlanadi: - qonun ustuvorligi; - inson haq-huquqlari va hurfikrlilik; - turli millat vakillariga hurmat va ular bilan bahamjihat yashash; - diniy bag'rikenglik; - dunyoviy bilimlarga intilish, ma'rifatparvarlik; - o'zga xalqlarning ilg'or tajribasi va madaniyatini o'rganish va hokazo. Qonun ustuvorligi jamiyat a'zolarining millati, tili va dinidan qat'i nazar, qonun oldida teng ekanini bildiradi. Inson haq-huquqlari daxlsizdir. Dunyodagi barcha xalqlar insonning haq-huquqlari to'la ta'minlanadigan, u erkin nafas oladigan jamiyat barpo etishga harakat qiladi. Bizning yurtimizda inson haq-huquqlari to'la ta'minlangan. Bu boradagi asosiy me'yorlar davlatimiz Konstitutsiyasi va qonunlarimizda o'z aksini topgan. Hurfikrlilik - insonning asosiy huquqlaridan biri bo'lib, shaxs erkinligining muhim shartidir. Unga ko'ra, har bir inson o'z fikrini erkin bildirish huquqiga ega. Bizning milliy qadriyatlarimizning o'ziga xos noyob jihati shundaki, ularda qadim zamonlardan boshlab umuminsoniy g'oyalar teran aks ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.07 MB
Ko'rishlar soni 179 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:26 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.07 MB
Ko'rishlar soni 179 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga