Ona tili - millat ruhi Subtitle here 9-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 7-mavzu Ona tili - millatning asosiy belgilaridan biri. Har bir xalq, avvalo, o'z tili, milliy urf-odat va an'analari, o'ziga xos turmush tarzi bilan ajralib turadi. Prezidentimiz Islom Karimov «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» kitobida bu haqda alohida to'xtalib, bunday fikrlarni bayon qiladi: «O'zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o'rtasidagi ruhiy-ma'naviy bog'liqlik til orqali namoyon bo'ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili - bu millatning ruhidir». O'zbek xalqi asrlar davomida dunyo sivilizatsiyasiga, umumbashariy qadriyatlar rivojiga ulkan hissa qo'shib kelmoqda. Ona tili - ko'hna tariximiz, betakror qadriyatlarimiz, din-u diyonatimiz, xalqimizga xos dunyoqarash, his-tuyg'ular evolyutsiyasini, ya'ni tadrijini ko'rsatadigan, ajdodlar merosini avlodlarga yetkazadigan ko'zgudir. Til - xalqning, millatning eng buyuk qadriyatlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun xalqning ozodlikka, o'zligini anglab yetishga intilishida tilning qadrini tiklash, nufuzini oshirish muhim o'rin tutadi. Alisher Navoiy bobomiz temuriylar davrida o'zbek tilining obro'yi uchun kurashgan edi. XX asr boshida ma'rifatparvar ziyolilarimiz xalqni ilmga chorlash uchun tilni, alifboni isloh etishga harakat qilishgani ham ulkan ma'rifiy ahamiyatga ega bo'ldi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin o'zbek tili rivojiga katta e'tibor bårilgani natijasida Konstitutsiyamizda, «Davlat tili haqida»gi qonunda o'zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi, uni rivojlantirishning huquqiy asoslari belgilab qo'yildi. Shu tariqa o'zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog'i, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo'li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollaridan biriga aylandi. Ona tilini sevish - vatanparvarlik belgisi, ajdodlar ruhiga hurmat ramzi. O'z tilini asrab-avaylagan xalq o'zligini, g'ururini ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:22:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.38 MB
Ko'rishlar soni
215 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:26
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.38 MB
Ko'rishlar soni
215 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:26 ]
Arxiv ichida: pptx