9-sinf MIG' Ta'lim va tarbiyaning uyg'unligi

9-sinf MIG' Ta'lim va tarbiyaning uyg'unligi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
9-sinf MIG' Ta'lim va tarbiyaning uyg'unligi - rasmi

Material tavsifi

9-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 12-mavzu Ta'lim va tarbiyaning uyg'unligi Yurtboshimiz ta'lim va tarbiyaning o'zaro mustahkam bog'liqligini, ularni bir-biridan ajratish aslo mumkin emasligini alohida ta'kidlaydi: «Ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo'lmaydi - bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi». Sharq xalqlari maktabga, umuman, ta'lim muassasasiga bolaga faqat ta'lim beruvchi, ilm-u hunar o'rgatuvchi maskan deb emas, balki inson shaxsini tarbiyalovchi, uni har tomonlama barkamol etib shakllantiruvchi qutlug' dargoh deb ham qaragan. Aqlli, bilimli bo'lish insonning bir ziynati hisoblansa, mana shu bilim va aqlni ezgulik yo'lida ishlatish, eng muhimi - odob-axloqni, måhr-oqibatni, insoniylikni hayotiy e'tiqod deb bilish kishining ma'naviy ko'rki sanaladi. G'arb mamlakatlarining ta'lim tizimiga razm solsak, ularda bolani muayyan bilimga, fan sohasiga oshno qilish, shu soha bo'yicha tobora chuqurlashish masalasiga ko'proq e'tibor qaratilishiga guvoh bo'lamiz. Ma'rifatparvar bobomiz Abdurauf Fitrat bu yondashuvni quyidagicha asoslaydi: «Avlodni tarbiyalash insoniyatning xizmatidir. Qachonki biz yaxshi axloq egasi bo'lgan farzandlarni tarbiyalasak, shundagina bo'ynimizdagi bu xizmat majburiyati soqit bo'ladi. Abdurauf Fitrat Xalqimiz tomonidan «Ustoz otangdek ulug'» degan hikmat bejiz aytilmagan. Chunki bolaning chinakam inson bo'lib tarbiyalanishida, ma'naviy qusurlarsiz shaxs bo'lib oyoqqa turishida o'qituvchi - murabbiylar xizmati otaning xizmatidan kam bo'lmaydi. O'qituvchilar yoshlarga faqat bilim berish, ularning aqli to'liq, zehni o'tkir bo'lishi xususidagina emas, balki o'sib voyaga yetayotgan bolaning xulq-atvori insoniy qiyofa kasb etishi, uning qalbida mehr-oqibat, boshqalarga hurmat-e'tibor, o'zgalarning quvonch va dardlariga daxldorlik tuyg'ulari kamolga yetishi to'g'risida ham jon kuydiradi. «Yana bir dolzarb vazifa - o'sib kelayotgan avlodga, uning ma'naviy tarbiyasiga nihoyatda katta javobgarlik hissi bilan yondashish masalasi. Axir, yoshlar xalq ma'naviyatining - ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.56 MB
Ko'rishlar soni 173 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:26 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.56 MB
Ko'rishlar soni 173 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga