Name of presentation Taraqqiyotning o'zbek modeli va uning ahamiyati 9-sinf Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 9-mavzu Har qanday mamlakat dunyodagi rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o'rin egallash uchun o'ziga xos taraqqiyot yo'lini bosib o'tadi. O'zbekiston ham davlat mustaqilligiga erishganidan so'ng hayotning barcha sohalarida tiklanish va islohot jarayonlarini amalga oshirish o'tkir zaruratga aylandi. Chunki eski sovet tuzumi davrida hamma soha bir tomonlama, ya'ni faqat «qizil imperiya» deb atalgan sobiq SSRning manfaatlariga moslab rivojlantirilgan edi. Ma'naviyat sohasida esa tilimiz, dinimiz, adabiyot va san'atimiz, buyuk allomalarimiz, ularning båbaho asarlari kamsitilar, bu merosni o'rganish, rivojlantirishga yo'l qo'yilmas edi. Vatanimiz manfaatlarini inobatga olgan holda isloh etishning umumiy yo'nalishlarini belgilab berishi lozim edi. Bu tamoyillar yurtimiz hayotining hamma sohalarini tubdan o'zgartirish va yangi jamiyat qurishning strategik yo'li sifatida o'zini oqladi va «taraqqiyotning o'zbek modeli» degan nom bilan butun dunyoda tan olindi. Strategik yo'l - uzoqqa mo'ljallangan, umumiy maqsadlarni ifoda etadigan asosiy taraqqiyot yo'li. O'zbekistonning strategik yo'li bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etishga qaratilgan mustaqil taraqqiyot yo'lidir. Yurtimiz aholisining yarmidan ko'pini bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar tashkil qilgani, milliy qadriyatlarimiz har qanday yangilikka ham bosqichma-bosqich, vazminlik bilan borishni taqozo etgan. Iqtisodning siyosatdan xoli bo'lishi iqtisodiyotning o'z qonuniyatlari asosida rivojlanishini, uni turli siyosiy maqsadlarga qaram qilib qo'ymaslikni bildiradi. Mustaqillikka erishgunimizga qadar hukmron bo'lgan sovåt mafkurasi o'z siyosati bilan iqtisodiyotning rivojlanishiga xalaqit berar edi. Qonun ustuvorligi tamoyili hammaning qonun oldida tengligini, shu asosda yangi jamiyatning huquqiy asoslarini mustahkamlashni nazarda tutadi. Yurtimizda islohotlarni amalga oshirishda yangi-yangi qonunlar qabul qilinib, mustahkam huquqiy poydevor yaratilmoqda ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:22:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.03 MB
Ko'rishlar soni
200 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:26
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.03 MB
Ko'rishlar soni
200 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:26 ]
Arxiv ichida: pptx