10-sinf Ma'naviyat asoslari Mustahkam iroda kuchli ma'naviyat kafolati

10-sinf Ma'naviyat asoslari Mustahkam iroda kuchli ma'naviyat kafolati

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
10-sinf Ma'naviyat asoslari Mustahkam iroda kuchli ma'naviyat kafolati - rasmi

Material tavsifi

10-sinf Ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 10-mavzu Mustahkam iroda kuchli ma'naviyat kafolati Iroda - odamning ichki va tashqi intilishlari, imkoniyat va salohiyatini maqsad yo'lida safarbar etish, qat'iyat bilan harakat qilish, sinov va mashaqqatlarni yengib o'tishga, har qanday sharoitda ham ruhiy muvozanatni saqlashga asos bo'ladigan ma'naviy fazilat. Inson mustahkam iroda tufayli keraksiz hoy-u havaslardan voz kechadi, turli ma'naviy va moddiy qiyinchiliklarga bardosh beradi, o'z hayot yo'lini belgilab oladi. Insonning ma'naviyati yuksalishi bilan uning irodasi ham kuchayib boradi. Iroda - bu aslida mustahkam ishonch demakdir. Irodasi baquvvat odam o'ziga isxonadi va har qanday murakkab vazifani ham o'z zimmasiga olishdan qo'rqmaydi. Irodasi mustahkam, imon-e'tiqodli insonni har qanday yengil- yelpi xatti-harakatlar va buzg'unchi g'oyalar bilan yo'ldan ozdirib bo'lmaydi. Mafkuraviy immunitetni shakllantirish uchun insonda kuchli, mustahkam iroda bo'lishi lozim. Mafkuraviy immunitet esa ilmga tayanadi. Ilmli inson o'z faoliyatini ko'r-ko'rona emas, balki chuqur o'ylab, mushohada bilan boshqaradi. Irodali inson muqaddas an'analarimiz, milliy qadriyatlarimiz, moddiy va ma'naviy merosni asrab-avaylashni oliy maqsadiga aylantiradi. Milliy g'oya, milliy mafkuraga ega bo'lmagan inson o'ziga va yon- atrofidagilarga nisbatan befarq bo'ladi. Yuksak ma'naviyat qaror topgan jamiyatda fuqarolarning faolligi ham, vatanparvarligi ham yuksak bo'ladi. Haqiqiy iroda shunda ko'rinadi. 2016-yilning 7-18-sentabr kunlari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo'lib o'tgan XV-yozgi Paralimpiya o'yinlarida sportchilarimiz erishgan yuksak g'alabalar xalqimizga cheksiz g'urur-iftixor bag'ishladi. O'zbekiston sportchilari mazkur nufuzli musobaqada 8 oltin, 6 kumush va 17 bronza me'dalni qo'lga kiritib, Vatanimiz obro'-e'tiborining xalqaro maydonlarda yanada yuksalishiga munosib hissa qo'shdi. Savol va topshiriqlar: 1. Sizning fuqarolik burchingiz nimalardan iborat? 2. Agar so'zingizga biroz yolg'on qo'shilsa, bu irodangizga qanday ta'sir qiladi? 3. Sabr-qanoat ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.88 MB
Ko'rishlar soni 315 marta
Ko'chirishlar soni 28 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:04 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.88 MB
Ko'rishlar soni 315 marta
Ko'chirishlar soni 28 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga