10-sinf Ma'naviyat asoslari Nafosat (estetika) va ma'naviyat

10-sinf Ma'naviyat asoslari Nafosat (estetika) va ma'naviyat

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
10-sinf Ma'naviyat asoslari Nafosat (estetika) va ma'naviyat - rasmi

Material tavsifi

Nafosat (estetika) va ma'naviyat 10-sinf Ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 13-mavzu Insonlarning muomalasi, nutqi, aqli, qiyinishi, ularning qanchalik nazokatli, nozik didli ekanidan darak beradi. Shu bois, insonning aqli, tashqi ko'rinishi, nutqi, umuman, ezgu fazilatlarining uyg'unlashuviga qarab, nafosat deb ataladi. Nafosat (arabcha ahamiyat, qimmatbaho narsa, boylik) - go'zallik turi bo'lib, narsa va hodisalarning tashqi ko'rinishi (shakl, rangi)dagi alohida mukammallikni, mutanosiblikni ifodalaydi. Insonga xos bo'lgan nafosat madaniyati uning jamiyatdagi faolligi va o'rni, boshqalar bilan munosabati, moddiy va madaniy merosini o'zlashtirishiga ham bog'liq. Inson go'zal bo'lishi uchun nafaqat tashqi ko'rinishga ega bo'lishi, balki ichki dunyosi, ma'naviy-axloqiy fazilatlari ham muhim o'rin tutadi. Nafosat nafaqat inson tafakkuri tarzi va mehnati, balki bilim darajasining ham mahsulidir. Insonda hamma narsa go'zal bo'lishi kerak. Ma'naviyatli insonning fikrlashi ham, nutqiy savodxonligi ham go'zal bo'ladi. Bu ko'proq muloqotda ko'rinadi. Muloqot madaniyati har bir shaxsning o'zaro munosabatini belgilovchi omildir. Insonning o'zaro muloqotida namoyon bo'ladigan so'zlashuv madaniyati shaxs xulqi go'zalligini aks ettiradigan ma'naviy-axloqiy sifat hisoblanadi. O'zaro muloqotda xushfe'llik, xushmuomalalik, shirinso'zlik, ochiqko'ngillik kabi axloqiy me'yorlar o'z ifodasini topadi. Yuksak madaniyatli kishilar muomalasida xayo, andisha, muloyimlik va ibo yaqqol ko'zga tashlanadi. Bundan tashqari, muloqot ham madaniyatning muhim sifatlaridan sanaladi. Ahli donishlar aytadilarki, insonda barcha narsa go'zal bo'lmog'i lozim: chehrasi ham, kiyimi ham, qalbi ham, fikri ham. Demak, nafosat tashqi chiroy bilan ma'naviy go'zallikning uyg'unligini o'zida mujassam etadi. Muomala - odam uchun ehtiyoj, zarurat. Muloqot madaniyati boshqa kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga qo'yish kabi an'anaviy axloqiy-me'yoriy talablarni bajarishni taqozo etadi. Insonlarning o'zligini anglashi, xalqining madaniy merosini, san'at, badiiy, ma'naviy merosini bilishi va qadrlashi, halol mehnat qilishi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.47 MB
Ko'rishlar soni 554 marta
Ko'chirishlar soni 47 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:04 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.47 MB
Ko'rishlar soni 554 marta
Ko'chirishlar soni 47 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga