10-sinf Ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 3-mavzu Oila ma'naviyati Oila - Vatan timsoli. Negaki, oila va vatan tushunchalari bir-biriga chambarchas bog'liq. Vatan tuyg'usi oiladan, ona bag'ridan boshlanadi. Oila esa jamiyatning ijtimoiy-ma'naviy boyligi hisoblanadi. Oiladagi muhit insonning o'ziga xos ma'naviyati, dunyoqarashi, tasavvur va e'tiqodining shakllanishida, yuksalishida muhim omil bo'ladi. Oila Xalqimizda kishining qanday ekanligi, uning o'zini tutishi, tarbiyasi, fe'l-atvori oilasiga bo'lgan munosabat bilan baholanadi. Bu esa uning jamiyatda o'z o'rnini topishida muhimdir. Oilada yozilmagan shunday qonun-qoidalar borki, ular necha asrlar davomida avloddan-avlodga o'tib, sayqal topib kelaveradi. Kattalarni hurmat qilish, kichiklarga nisbatan izzatda bo'lish, kelajak avlod haqida g'amxo'rlik qilish hamisha oilaning asosiy qoidalari bo'lib kelgan. Bu muqaddas dargohda nafaqat farzand dunyoga keladi, balki ma'nan va axloqan go'zal tarbiya egasi bo'lgan inson voyaga yetadi. Oila a'zolari o'rtasida o'zaro hurmat, mehr-muruvvat va oqibat omillari sog'lom muhitni yaratadi. Zero, sog'lom tarbiya tufayli oila a'zolari o'rtasida o'zaro yakdillik, fikrlar uyg'unligi, maqsadlar mushtarakligi yuzaga keladi. Farzand tarbiyasi! Qanchalik mukammal, sinoatga to'la, insoniy muomala-munosabatlar umumlashgan ushbu kalomda. Yaxshi farzand - ota-onaning bebaho mulki, qalb gavhari, muborak siri va ulkan kashfiyoti. Uning kamolidan ota-onaning ko'ngli nurafshon bo'ladi, hayoti zavq-shavqqa to'ladi. Har bir millatning saodati va ravnaqi, albatta, shu xalqning ichki intizomi hamda totuvligiga bevosita bog'liq. Tinchlik, totuvlik esa, shu millat oilalarining intizomiga tayanadi. O'zbekistonda oila davlat muhofazasida. Zero, oilaga muntazam g'amxo'rlik qilish, unga har taraflama moddiy va ma'naviy ko'mak berish insonparvar demokratik huquqiy davlatning muhim vazifalaridan sanaladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining «Oila» deb nomlangan XIV-bobining 63, 64, 65, 66-moddalarida oila jamiyatning asosiy negizi, bo'g'ini ekanligi, ota-onaning bola tarbiyasidagi mas'uliyati, ota-ona ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:22:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.22 MB
Ko'rishlar soni
209 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:04
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.22 MB
Ko'rishlar soni
209 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:04 ]
Arxiv ichida: pptx