11-sinf Ma'naviyat asoslari Aqliy salohiyatning jamiyat ma'naviy yangilanishdagi o'rni

11-sinf Ma'naviyat asoslari Aqliy salohiyatning jamiyat ma'naviy yangilanishdagi o'rni

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Ma'naviyat asoslari Aqliy salohiyatning jamiyat ma'naviy yangilanishdagi o'rni - rasmi

Material tavsifi

11-sinf Ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 10-mavzu Aqliy salohiyatning jamiyat ma'naviy yangilanishidagi o'rni Yosh avlod bor bilimini maktabda oladi. Maktabni bilim dargohi deyish bilan bir qatorda o'quvchining hayot yo'lini belgilab beruvchi, uni shaxs sifatida shakllanishini kafolatlovchi maskan ham deyish asosli. Maktab o'qituvchi va o'quvchi asosiga quriladi. Unda yuksak ma'naviyat, ma'rifat va madaniyatlilik ustuvor bo'lishi lozim. Umumta'lim maktabi o'z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va faoliyati davomida ta'lim-tarbiyani rejalashtirish, o'quv-pedagogik jarayonni olib borish, maktab ishlarini yuritishni tashkil qilishda qator me'yoriy hujjatlarga tayanadi. Davlatimizda yoshlarimizni barkamol qilib voyaga yetkazish, ularga bilim, ta'lim-tarbiya berish masalasi konstitutsiyaviy maqomga ega bo'ldi. Ma'naviyatimizning asosini tashkil etgan, hayotimizning ajralmas qismiga aylangan, davlatimizning doimiy diqqat-e'tiborida turgan ta'lim masalasi asosiy qonunimizdan mustahkam o'rin oldi. Tabiiyki, yurtimizdagi barcha o'quv muassasalari kabi maktab ham o'quvchilarida milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uzviy birlashtirish asosida milliy g'oya ruhida yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarni kamol toptirish, ularni haqiqiy inson, Vatanga sadoqatli fuqaro sifatida tarbiyalashga mo'ljallangan. Maktab barkamol shaxs ta'lim-tarbiyasi ustuvorligiga ahamiyat qaratgan holda o'quvchilarda mustaqil O'zbekiston Respublikasiga va uning Konstitutsiyasiga sodiqlikni shakllantiradi, Davlat ramzlariga (bayrog'i, madhiyasi va gerbi) hurmatni, qat'iy intizom va fan asoslarini puxta egallashga sidqidildan yondashishni o'rgatadi. Shuningdek, maktabning zimmasiga bilimli, madaniyatli shaxslarni shakllantirish, ularni oila, jamiyat, davlat oldidagi mas'uliyatni to'la anglaydigan va egallagan bilimlarni hayotga tatbiq eta oladigan shaxs sifatida kamol toptirish vazifasi ham yuklatilgan. Muhimi, bugungi kunda axloqan pok, jismonan baquvvat, Vatanga sadoqatli, izlanuvchan, fidoiy inson, o'zining mustaqil fikriga ega, tashabbuskor, sog'lom avlodni yetkazib berish jamiyat rivojining muhim asosidir. Ilm-u ma'rifat insonni yuksaklikka ko'taradi. Ilm, ma'rifat ham o'z navbatida madaniyat, ma'naviyat tushunchalari bilan chambarchas ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.97 MB
Ko'rishlar soni 405 marta
Ko'chirishlar soni 37 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:07 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.97 MB
Ko'rishlar soni 405 marta
Ko'chirishlar soni 37 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga