11-sinf Ma'naviyat asoslari Ekologik madaniyat va ma'naviyat uyg'unligi

11-sinf Ma'naviyat asoslari Ekologik madaniyat va ma'naviyat uyg'unligi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Ma'naviyat asoslari Ekologik madaniyat va ma'naviyat uyg'unligi - rasmi

Material tavsifi

Ekologik madaniyat va ma'naviyat uyg'unligi 11-sinf Ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 12-mavzu Insonning barkamolligi, madaniyatliligi tashqi ko'rinishiga qarab emas, balki uning dunyoqarashi, ma'naviy-ma'rifiy salohiyati bilan belgilanadi. Ekologik madaniyat - bu atrof-muhit to'g'risida chuqur bilimga, tabiatni asrash tuyg'usiga ega bo'lish, o'simliklar hamda hayvonlarga nisbatan g'amxo'rlik ko'rsatishga, tabiat zaxiralaridan oqilona foydalanish, ularni ko'paytirish borasida qayg'urishga qaratilgan amaliy faoliyatning yuksak ko'rsatkichidir Bugungi kunda ekologik jarayon murakkab kechayotgani uchun u jamiyat a'zolaridan yangicha fikrlashni, dunyoqarashni, axloqiy, madaniy, ma'naviy yetuklikni talab qiladi. Shu bois ekologik ta'lim va tarbiyani insonga singdirmasdan turib, uni ma'naviy yuksak fazilatlarga ega inson deb ayta olmaymiz. Bunda eng dolzarb vazifa atrof-muhitni, tabiatni asrash, tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi o'zaro ta'sirlarni bir yaxlitlikda tushunishni shakllantirishdan iborat. Ona-tabiatni muhofaza qilish, asrab-avaylash, tabiiy boyliklarni e'zozlash, atrof-muhitni toza va pokiza saqlash va mavjud ekologik muammolarni bartaraf etish insonning davlat, jamiyat va qolaversa, o'z oldidagi asosiy burch hamda mas'uliyati hisoblanadi. Shu bois yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirishga va bu sohada xalqimizning boy merosidan keng foydalanishga alohida e'tibor berish lozim. Ajdodlarimiz ekologik muhit buzilishining oldini olishga harakat qilishgan, tabiatga nihoyatda ehtiyotkor bo'lishgan, uni ko'z qorachig'idek asrashgan. Abu Rayhon Beruniyning «Saydana» asarida o'simliklarning 118 turi, shu jumladan, dorivor o'tlarning 750 turiga hamda hayvonlarning 101 turiga batafsil ta'rif beriladi. Abu Rayhon Beruniy Xalqimizning tarixiy-adabiy yodgorligi «Avesto»ga e'tibor beradigan bo'lsak, ajdodlarimiz atrof-muhitga, ona zaminga nihoyatda ehtiyotda bo'lib, uni asrab- avaylaganligiga guvoh bo'lamiz. Hayotning tabiat bilan uyg'unligi masalasi odamning ruhiy olamiga chambarchas bog'liq holda ko'rsatilgani ko'p narsani anglatadi. Insonning ma'naviy dunyosini shakllantirishda atrof-muhit qadim zamonlardan buyon qanday kuchli ta'sir o'tkazib kelganligi yana bir ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 4.11 MB
Ko'rishlar soni 357 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:07 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 4.11 MB
Ko'rishlar soni 357 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga