11-sinf Ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 14-mavzu Globallashuv sharoitida milliy ma'naviyatga qarshi tahdidlar Bugungi globallashuv sharoitida mamlakatimiz milliy manfaatlarini himoya qilish, xavfsizligi va barqarorligini ta'minlash, mustaqillikni mustahkamlash har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Bunday sharoitda davlatning ma'naviy- axloqiy negizlari, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ma'naviy merosining mavqeyini saqlab qolishga erishish lozim. Globallashuv (lot. globus - shar, yer sayyorasi) - XX asrning ikkinchi yarmi - XXI asr boshida jahon taraqqiyotida shakllangan yangi umumsayyoraviy tartibotlar, davlatlar va kishilar o'rtasida o'zaro aloqalarning kengayishi, dunyo miqyosida axborot makoni diniy- ekstremistik xurujlar xavfining ortib borishini ifoda etuvchi tushuncha. Shuningdek, bu tushuncha jahondagi mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohada o'zaro yaqinlashuvi, birlashuvi, voqea-hodisalarning bir mamlakat doirasidan chiqib, umuminsoniy miqyosga ega bo'lishi, butun yer sharini qamrab olishi bilan xarakterlanadi. Globallashuv bu - avvalo hayot sur'atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir». Milliy ma'naviyatga qarshi tahdidlarning negizini umuminsoniy va milliy axloq, qadriyat, madaniyat, din va tarbiya asoslariga zid bo'lgan, inson shaxsining tubanlashuvi, ijtimoiy, ma'naviy-axloqiy me'yorlarga rioya etmaslik bilan bog'liq jarayonlar tashkil qiladi. Ma'naviy tahdidlar deganda tili, dini, e'tiqodidan qat'i nazar, har qaysi insonning erkin bo'lib yashashiga qarshi qaratilga uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko'zda tutadigan mafkuraviy, g'oyaviy va informatsion xurujlarni tushunamiz. Globallashuv jarayonlari ilm, fan-texnika, iqtisodiyot va boshqa sohalar bilan bir qatorda, davlat boshqaruvini demokratlashtirish masalasiga ham katta ta'sir ko'rsatadi. Ma'naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tajovuz, tahdid o'z-o'zidan mamlakat xavfsizligi, uning milliy manfaatlari, jismonan va ma'nan sog'lom avlod kelajagini ta'minlash yo'lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir-oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin. Globallashuv jarayonlari natijasida milliy o'zlikka ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:22:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.81 MB
Ko'rishlar soni
290 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:07
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.81 MB
Ko'rishlar soni
290 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:07 ]
Arxiv ichida: pptx