11-sinf Ma'naviyat asoslari Inson - kishilik jamiyatining ijodkori

11-sinf Ma'naviyat asoslari Inson - kishilik jamiyatining ijodkori

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Ma'naviyat asoslari Inson - kishilik jamiyatining ijodkori - rasmi

Material tavsifi

11-sinf Ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 1-mavzu Inson - kishilik jamiyatining ijodkori Inson boshqa mavjudotlardan o'zining xotirasi, tafakkuri, tili bilan ajralib turadi. Inson faoliyatini boshqaruvchi xatti-harakatlar shu til orqali ajdodlardan avlodlarga uzatiladi. Bu jamiyatda inson faqat madaniyati bilan yuksaklikka ko'tariladi. Shuningdek, inson hayotida mehnat asosiy rol o'ynaydi. Mehnat tufayli inson yashayotgan tabiiy muhitni yaxshilaydi, moddiy va ma'naviy boyliklar yaratadi, o'z-o'zini o'zgartiradi. Bundan tashqari, mehnat insonning nafaqat jismoniy, balki ma'naviy, madaniy taraqqiyoti uchun ham juda muhim omil sanaladi. Mehnat tufayli inson tabiat bilan munosabatga kirishadi. Mehnat go'zallik va farovonlik o'rtasidagi kashfiyotlar va o'zgarishlar asosidir. Mehnat yoshlarni nafaqat bugungi kunga tayyorlaydi, shuningdek, yoshlar uchun porloq istiqbolni yaratishga ham chorlaydi. Inson haqida bugungi kungacha turli davlatlarda, turli davrlarda turlicha talqin va ta'riflar berib o'tilgan. Inson va uning mohiyati haqidagi qarashlar dastlab qadimgi Hindiston va Xitoyda vujudga kelgan. Insonga ta'rif berar ekan, xitoylik Konfutsiy: «Bilish - insonning bilimidir», - deb aytgan. Inson tinimsiz o'z-o'zini bilish orqali komillik darajasiga erishish imkoniyatiga ega. Konfutsiy Xususan, Suqrot, Aflotun kabi allomalar inson hayotini olijanoblik bilan tugatish imkoniyati mavjudligini aytib o'tishgan. Qadimgi yunon faylasuflari esa insonga o'zgacha ta'rif berishadi. Aflotun Vatandoshimiz mutafakkir Abu Nasr Forobiy insonning barcha mavjudotlardan farqi, uning aql-idrokliligida deydi. Abu Nasr Forobiy Yana bir alloma Abu Rayhon Beruniy insonning xudo tomonidan yaratilganini ko'rsatib, ayni vaqtda uning butun hayoti va jismoniy tuzilishi geografik omillarga bog'liq ekanini ko'rsatib o'tadi. Abu Rayhon Beruniy Buyuk alloma G'azzoliyning fikricha, inson buyuk xilqat va uning oldida mudom xavf-xatar mavjud. U aytadiki, muammolarni, xavf-xatarlarni bartaraf etgan shaxsgina baxtlidir. G'azzoliy Go'dak oilada ilk bor ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.19 MB
Ko'rishlar soni 574 marta
Ko'chirishlar soni 59 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:07 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.19 MB
Ko'rishlar soni 574 marta
Ko'chirishlar soni 59 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga