11-sinf Ma'naviyat asoslari Jamiyat ma'naviyatini yuksaltirishda media madaniyatning ta'siri

11-sinf Ma'naviyat asoslari Jamiyat ma'naviyatini yuksaltirishda media madaniyatning ta'siri

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Ma'naviyat asoslari Jamiyat ma'naviyatini yuksaltirishda media madaniyatning ta'siri - rasmi

Material tavsifi

11-sinf Ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 15-mavzu Jamiyat ma'naviyatini yuksaltirishda media madaniyatning ta'siri Ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy madaniyat unsurlarini bilish bugungi dolzarb vazifa hisoblanadi. Biz yuqori texnologiyalar davrida yashayapmiz: istalgan ma'lumotni, o'zimizga zarur bo'lgan har qanday axborotni izlashda turli xil ijtimoiy-siyosiy gazetalar, kitoblar va teleko'rsatuvlardan ko'ra internetni ma'qul ko'ramiz. Hazrat Alisher Navoiy bobomiz axborotning shaxs, jamiyat hayotida tutgan ahamiyatini yuksak baholab, bundan besh asr oldin «Agar ogohsen sen, shohsen sen», degan bebaho satrni yozib qoldirgan. Axborot texnologiyalari keskin rivojlanib borayotgan sharoitda axborot xavfsizligi shaxs, jamiyat, davlatning milliy manfaatlarini ta'minlashda katta ahamiyatga ega. Ma'lumki, har bir axborot tagida manfaat yotadi. Ammo axborotdan milliy va xalqaro manfaatlarga zid kelgan holda foydalanish jinoyat hisoblanadi. Bugungi kunda esa axborot dunyoning ayrim mamlakatlari hamda xalqaro terroristik tashkilotlari qo'lida asosiy va dahshatli qurol vositasiga aylanib bormoqda. Jamiyatimiz hayotining deyarli barcha sohalarini, shu jumladan, ta'lim sohasidagi taraqqiyotini internet, televideniye, radio va ommaviy nashrlarsiz tasavvur qila olmaymiz. Dunyoda yuz berayotgan turli voqealar va ma'naviyatimizga zid bo'lgan ma'lumotlar axborot- kommunikatsiya texnologiyalari, internet va ommaviy axborot vositalari orqali kirib kelmoqda. Bunda yoshlar internet tizimlaridan foydalanganida, o'zimizning rasmiy (filtrdan o'tgan) va ishonchli saytlarimizdan ko'proq foydalanishlari maqsadga muvofiqdir. Ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik sohalarda jiddiy o'zgarishlar jarayoni, ayniqsa, axborot texnologiyalari sohasidagi keskin taraqqiyot axborot resurslarining rivojlanishiga olib keldi. Internet veb-sahifalarida turli ma'lumotlar joylashtiriladi. Bu hujjatlar, jadval, diagrammalar, rasm, audio, videolavhalar, kitob va jurnallar, hujjatli hamda badiiy filmlar va boshqalardir. Internet paydo bo'lishi bilan uning jamiyat axloqiga ta'sir etuvchi muayyan bir jihatlari xususida turli bahslar bo'lib o'tgan. Globallashuv, ya'ni turli xil madaniy sharoitda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.57 MB
Ko'rishlar soni 212 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:07 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.57 MB
Ko'rishlar soni 212 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga