11-sinf Ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 3-mavzu Ma'naviy barkamollik Yosh avlodni jismoniy baquvvat, ma'naviy yetuk qilib tarbiyalashda ma'naviyatning ta'siri benihoya kattadir. Zero, barkamol avlod tarbiyasida, yoshlarimizning o'zligini anglashga, davlat va jamiyat, xalq va oila uchun munosib farzand bo'lishlarida ma'naviyat beqiyos kuch sifatida o'z ta'sirini o'tkazadi. Ma'naviy ta'sir deganda aynan ma'naviyatga xos bo'lgan sifatlarning insonga bevosita ta'siri tushuniladi. U o'z ichiga axloq-odob, huquq, nafosat, mehr-muhabbat, muomala madaniyati, mas'uliyat, daxldorlik, olijanoblik kabi fazilatlarni qamrab oladi. Ma'naviy ta'sir tushunchasini ikki xil ifoda etish mumkin: Birinchidan, har qanday insonning kamoloti ma'naviy ta'sirning mahsulidir; Ikkinchidan, insonning o'zi ham boshqalar uchun ma'naviy ta'sir manbayidir. Ma'naviy ta'sirning ma'lum bir xalq doirasidagi ko'rinishiga biror-bir alloma yoki mutafakkir izidan brogan shu xalqning keyingi avlodi hayoti va ijodini solishtirib ko'rganda, buni sezish qiyin bo'lmaydi. Mutafakkir Alisher Navoiyning o'lmas merosi, durdona asarlarining ahamiyati undan keyin yashab-faoliyat ko'rsatgan Ogahiy, Munis, Muqimiy, Furqat, Zavqiy kabi o'nlab shoirlar ijodida namoyon bo'lgan. Yangi asrga kelib Cho'lpon, Avloniy, Hamid Olimjon, G'afur G'ulom, Oybek, Maqsud Shayxzoda kabi ijodkorlar ham bu an'analarni davom ettirganlar va rivojlantirganlar. Maqsud Shayxzoda Ma'naviyati mustahkam bo'lgan xalqqa ega yurtning kelajagi ham barqaror bo'ladi. Ma'naviyati mustahkam millat, fuqaro o'z yo'lidan adashmaydi. Ma'naviyat kamol topgan jamiyatda qobiliyat, iste'dod egalari shu jamiyat, millatning yuzi, g'ururi, obro'-e'tibori hisoblanadi. Ma'naviyati yuksak jamiyatda aql, sog'lom fikr, adolat va yaxshi xulq ustuvordir. Bunday jamiyatda xalqning, millatning ertangi kunga ishonchi kuchli bo'ladi, insonga xos bo'lmagan salbiy illatlar barham topadi. Ma'naviyat ustuvor bo'lgan joyda, u xaloskor kuchga aylanadi. Kishilarning qalbidan joy oladi. Qayerdaki ma'naviyat, yoshlar tarbiyasi o'z holiga tashlab qo'yilsa, u jamiyat ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:22:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.46 MB
Ko'rishlar soni
222 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:07
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.46 MB
Ko'rishlar soni
222 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:07 ]
Arxiv ichida: pptx