11-sinf Ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 9-mavzu Muloqot va o'zaro munosabatlarda ma'naviyatning o'rni Har qanday inson ma'lum bir jamiyat vakili hisoblanadi va o'zini shu jamiyatning madaniyati va qadriyatlaridan alohida tasavvur eta olmaydi. Jamiyatda insonlar amal qiladigan axloqiy, diniy, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, mafkuraviy va shu kabi munosabatlarning debochasida muloqot turadi. Inson jamiyatda yashar ekan, kim bilan bo'lsa ham o'zaro muloqotga kirishadi. Inson muloqotga kirishishi uning shu jamiyatning a'zosi, harakatga keltiruvchi, rivojlantiruvchi kuchi sifatida talqin qilinadi. Muloqot qilishda muomala odobi muhim ahamiyatga ega. Yaxshi muomala baxt-saodatning kaliti. Insonlararo muloqotda namoyon bo'ladigan odob-axloq belgilari bu - xushfe'llik, xushmuomalalik, shirinso'zlik, ochiqko'ngillik va boshqalardir. Muloqotning asosiy manbayini so'z tashkil etadi. Xalqimizda, «Yaxshi so'z - jon ozig'i, yomon so'z - jon qozig'i», degan maqol bor. Yaxshi yoki yomon so'z insonning ruhiyatiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Ulug' allomamiz Mahmud az-Zamahshariy shunday deydi: «Ko'pincha til bilan yetkazilgan jarohat qilich bilan yetkazilgan jarohatdan og'irroqdir». So'zlash va tinglay bilish ham muloqot madaniyatini tashkil etadi. Bu o'rinda Yusuf Xos Hojib «O'ynab so'zlasang ham, o'ylab so'zla» degan. Yusuf Xos Hojib Shirinso'z, mulohaza-mushohada bilan samimiy muloqotda bo'lish har bir insonning fazilat va burchidir. Umuman olganda, muloqot kishilarning bir-biriga ta'siri, tarbiya va o'z-o'zini tarbiyalash vositasi sifatida o'zaro munosabatlarda muhim ahamiyat kasb etadi. Tanishish va munosabat o'rnatish qoidalari insonni muloqotga kirishishi bilan aloqador. Unga ko'ra, tanishib munosabat o'rnatishda qiyinishi, o'zini tutishi, so'zamolligi va kirishimliligi bilan bog'liq jihatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Chin do'st hayot davomida turli qiyinchilik va sinovlarni yengib o'tishda kishiga ham qanot, ham yelkadosh sifatida yordam ko'rsatadi. Jaloliddin Rumiy aytganidek: «Oqil do'sti bo'lgan kishining ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:22:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.41 MB
Ko'rishlar soni
449 marta
Ko'chirishlar soni
54 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:07
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.41 MB
Ko'rishlar soni
449 marta
Ko'chirishlar soni
54 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:07 ]
Arxiv ichida: pptx