Name of presentation 11-sinf Ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 4-mavzu O'zbekiston rivojining ma'naviy-axloqiy negizlari Yozgi ta'til paytida yuqori sinf o'quvchilari tarix fani o'qituvchisi bilan birgalikda qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahridagi tarixiy obidalar, qadamjolarga tashrif buyurishdi. Ular ziyoratni Temuriy bobokalonimiz Mirzo Ulug'bek qurdirgan rasadxonani tomosha qilishdan boshlashdi. U yerdan chiqib, Bibixonim madrasasiga o'tishdi. Bu yerda odam tumonat edi. Ular maqbara eshigi oldida ziyorat qilib yurgan bir guruh chet ellik sayyohlarni ko'rishdi. Bibixonim madrasasi Ba'zi o'quvchilar hatto chet tilida ular bilan suhbat qura ketdi. O'zbekistonning rivojlanishi milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslanadi. Vatanimiz madaniyatida umuminsoniy qadriyatlar ustuvor mavqeni egallaydi. Umuminsoniy g'oyalar va qadriyatlarning shakllanishi milliy madaniyatlarning rivojlanish xususiyatlari bilan bog'liq. Umuminsoniy qadriyatlar insonni e'zozlash, hayotni sevish, burch, sadoqat, ajdodlarga hurmat, vatanparvarlik, adolat, ma'rifatparvarlik, tinchlik, totuvlik, do'stlik, hamkorlik singari fazilatlarni ifoda etadi. Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik yoshlarimizni to'g'ri yashab, o'z o'rnini topishga, yon-atrofga oqilona munosabatda bo'lishga, tug'ilib o'sgan diyorini muqaddas deb bilishga hamda do'stlikning qadriga yetishga o'rgatadi. Milliy qadriyatlar esa shu millat, shu yurt xalqlari tomonidan tarixdan e'zozlab kelinayotgan, inson ma'naviyatini boyitishga xizmat qiladigan qadriyatlardir. Milliy qadriyatlarda mehnatsevarlik, tarixiy xotiraga sadoqat, e'tiqodga hurmat, muomalada mulozamat, xayo va andisha muhim o'rin tutadi. «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» asarida «biz tarix sinovlaridan o'tgan, milliy manfaatlarimiz, bugungi va ertangi orzu-intilishlarimizga, taraqqiyot talablariga to'la javob beradigan, yillar o'tgani sari qadri ortib boradigan g'oya va tushunchalarni qadriyat deb bilamiz», deyilgan. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni majburlab singdirib bo'lmaydi. Biron bir milliy madaniyatni ulug'lab, uni boshqa madaniyatdan ustun qo'yish va boshqa xalqlarga majburan targ'ib etish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ko'p ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:22:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.66 MB
Ko'rishlar soni
347 marta
Ko'chirishlar soni
42 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:07
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:22 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.66 MB
Ko'rishlar soni
347 marta
Ko'chirishlar soni
42 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:07 ]
Arxiv ichida: pptx