11-sinf Ma'naviyat asoslari Oila muqaddas qo'rg'on

11-sinf Ma'naviyat asoslari Oila muqaddas qo'rg'on

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Ma'naviyat asoslari Oila muqaddas qo'rg'on - rasmi

Material tavsifi

Name of presentation 11-sinf Ma'naviyat asoslari fani darsligi asosida 7-mavzu Oila - muqaddas qo'rg'on Oila - nikohga yoki tug'ilganlikka asoslangan kichik guruh. Uning a'zolari ro'zg'orning birligi, o'zaro yordami va ma'naviy mas'uliyati bilan bir-biriga bog'langan. Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari - inson zotini davom ettirish, bolalarni tarbiyalashdan, oila a'zolarining turmush sharoitini va bo'sh vaqtini samarali uyushtirishdan iborat. Oila har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlovchi, milliy qadriyatlarning rivojini ta'minlovchi muqaddas maskan hamdir. Oilada biz va avlodlarimiz tarbiya topib, ulg'ayamiz, dunyoni anglaymiz hamda barchamiz turli fe'l-atvor kasb etib boramiz. Oila jamiyatning poydevorini tashkil etadi. Jamiyat va davlatning farovonligi, gullab-yashnashi bevosita shu jamiyatdagi oilalarning moddiy va ma'naviy jihatdan mustahkamligiga bog'liq. Oilaviy tarbiyada ota-ona va farzandlar munosabati alohida o'rin tutadi. Oila a'zolarida muayyan turmush tarziga rioya qilib, tajriba orttirish, saranjomlik va tejamkorlik, qat'iylik va to'g'riso'zlik singari odob-axloq me'yorlarini kamol toptirish azaldan oilaning asosiy vazifasi bo'lib kelgan. O'zbek oilalari totuvligi, bolajonligi, yaqin birodarlar va qarindosh-urug'larga nisbatan o'zaro hurmatda bo'lish, mehr-oqibat rishtalarining mustahkamligi va boshqa oilaviy qadriyatlarning ustunligi bilan ham dunyodagi ko'pgina millat, xalqlardan ajralib turadi. Agar oilada hamkorlik, hamjihatlik, o'zaro hurmat, bir-biriga ishonch kuchli bo'lsa, rostgo'y, samimiy, mehribon, o'z yaqinlariga, qarindosh-urug'lariga, qo'ni-qo'shnilariga doimo yordam berishga tayyor bo'lgan insonlar kamol topadi. O'zida ushbu fazilatlarni mujassamlashtirgan insonlarning oilalarida doimo halovat va tinchlik hukm suradi. Agar aksincha bo'lsa-chi? Bunday oilani fayz-baraka, samimiyat, totuvlik, oqibatlilik va muhabbat tuyg'ulari butunlay tark etadi. Shu ma'noda oilaning har bir a'zosi nafaqat o'zining shaxsiy farovonligi yo'lida, balki oilasining manfaatlari uchun qayg'ursa, o'z yaqinlariga g'amxo'rlik qilishni maqsad qilib olsa, oilaning farovonligi yanada mustahkamlanadi. Yurtimizda barkamol ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.43 MB
Ko'rishlar soni 196 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:07 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.43 MB
Ko'rishlar soni 196 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga